Orqaga tortib, Qiyomat boshlangan og'ir tanamda. O'zim istamagan ishlardan ortib Yig'lagim kelmoqda Kutilmaganda: Yo'lga chiqmoqlikdan Oyoq tortar bosh. Baquvvat qo'llarim qilmas himoya, Yuzini o'girib ko'zimdagi yosh O'tgan kunlarimda qilar hikoya. Ertaga bormanmi, Yo'qmi, noayon - Nahotki shu vujud chiqarar hukm. Yuragim, Sen uchun, O'zim uchun ham Negadir yig'lagim kelmoqda bugun.