Qorlarga to’kilgan qonli hasratim Ilk bora yurakni tilimlab o’tdi. Hijronga kumilgan begona sevgim Izingizdan sizni suroqlab utdi. Men sizni qanchalar sevdim tiz chukib Oyoqlarim emas, qalblarim bilan Sizni bahorlardan qizgandim yiglab Faqat sizni ko’rgan, ko’zlarim bilan Faqat sizni deya, yigladi armon Tizzasin quchoqlab bola singari Sizni so’roqlaydi yuragim har on Sizni sogingandan, sogingan sari. Bahorlar o’tdi yozlarni quvib Kuzning ortidan qahraton sovuq Sizni qidirmoqda yo’lga termulib Sizga intizordir shu bir juft qaroq Nega sevgingizdan ketdingiz tonib? Nega orzularim qoldi mung’ayib? Sizga ermak bo’ldimu sevgimni sinab? Ko’zimdan yosh emas qonlar oqizib! Nega qasr qurdingiz ko’ngil bogimdan? Nega sayr etdingiz muhabbat deya? Sevib sevdirdingiz malikam bo`lib Ketdingiz o’zgani sultonim deya. Baxtli bo’ldingizmi ko’nglim ogr’itib? Bevafoga bevafo vafoli yormi? Yuragingiz endi g’amdan o’rtanib Afsus, tunlaringiz mendek bedormi? Yo’llarga qarab o’tmoqda umrim Qalbimga darmonim kelarmikan deb, Vijdoningiz sizni so’roqlar balkim "Gunohimni qanday yuvsam ekan” deb!!!
|