Ha, aziz o’quvchilar, savolimizni oqib ajablanmang. Narxingizni
so’rashimizning nima aybi bor? Axir har narsani sotib olib pulga
chaqishga o’rganganmiz. Keling bizlarning narx-navoimiz haqida
rasululloh (saov) nima deganlariga quloq osaylik. Ul zot bunday deb
marhamat qilgan edilar: مَن كانَ هِمَّتُهُ ما یَأكُل، كانَ قِیمَتُهُ مَا یَخرُجُ مِن بَطنِهِ Arab tilini tushunmaydiganlar uchun yuqoridagi hadisning ma’nosini tushuntirishga majburmiz. Rasululloh (saov)bunday dedilar: Kimning
qilgan butun sa’yu-harakati faqat yeb-ichish uchun bo’ladigan bo’lsa,
usha odamning qadri - qornidan chiqadigan axlati qiymati bilan tengdir.
|
Yuqoridagi hadisni sharhlashga ortiqcha hojat yo’q deb hisoblaymiz,
chnki hammasi tushunarli qilib bayon qilingandir. Hadis bizga nima
demoqchi? Aytmoqchiki, yaxshi odam ovqat yeydi, yaxshi ovqat ham
yeydi,lekin asl maqsadi faqat yeyishgina emasdir. Amiral mo’minin
hazrat Ali (a.s) aytishicha, faqat yeyish maqsadi bilan yashaydigan odam, hayvondan katta farqi yo’q.
Albatta yeyish deganda faqat oziq-ovqatni emas, balki har qanday
ishntaha beruvchi narsani ya’ni shahvatni ham nazarda utmoq lozimdir.
Inson uchun eng muhim va hatvonlardan ajratib turuvchi - bu ruhiy
oziqlanishdir. Ruhiy oziqlanish natijasida ruh o’sadi va katta ruh
egasi esa kamolga yetishga yaqinroqdir. Ruhi katta odamlarga yaqin
yursak bizning ruhimiz ham undan tasirlanib o’sadi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, har birimiz o’zimizdan necha pulga arzishimiz haqida so’rasak yomon bo’lmas edi.
|