Islom dinini o'ziga yarasha farzlari bor. Bulardan biri 5 vaqt namoz o'qishdir. Namoz o'qiydigan ko'pgina ayollar hijob kiyishadi. Men ularga qarshimasman. Lekin hali yosh bo'lishiga qaramay, ota-onasining qistovi b.n hijob kiygan namoz o'qiydigan qizlar ham bor.
Maktab vaqtida shunaqa hijob kiygan bir qiz bor edi. Har kuni maktabga kirayotganda direktor "darsga bunaqa kelish mumkinmas" deb aytardi. Maktabda ham o'sha qiz yolg'iz o'zi yurardi. Xuddi u boshqa dunyo odamidek. U hijob kiyishga majburmasku? Hijob kiygan ayol qizlarni ko'rsak, bu ayol yoki qiz Ollohni judayam hurmat qiladigan faqat yaxshilikni o'ylaydigan, pok qalbli inson deb o'ylashimiz mumkin. Va aksincha yonimizdan oddiy bir shim kiyib olgan qiz o'tib ketsa unga nisbatan ozgina bo'lsa ham yomon fikr tug'ilishi mumkin. Endi savol ularning qay birining yuragida Olloh, yaxshilik tuyg'usi bor? Ko'pchilik bunga albatta 1sida deydi. Shu o'rinda bir misol keltirsam. Hajga borish niyatida yurgan insonning och qo'shnisiga yo'l pulini berib, uyini atrofini 3marta aylanganda uning haj ibodati qabul qilinadi. Xuddi shunday hajga bormasdan haj ibodati o'tdiku, hijob kiymasa, namoz o'qimasa ham uning yuragida Olloh bo'lishi mumkinku! Sara