Assalomu Aleykum zamondosh. Men o'z kasbdoshlarim bilan net orqali o'zbek so'z ustalari tomonidan taqdim etilgan konsert dasturini tomosha qilib o'ltirgan edik..... - manashu qiziqchini rosa yaxshi ko'rardim Toshkentda 'karvon' bozorida non sotib yurgan vaqtlarim mendan oldimda ketayotgan akadan meni o'tkazib yuborishlarini so'radim va u meni xuddi itga qilgan muomiladek "o'tib ket" dedi jirkib. Yuziga boqsam men ashshadiy muxlislik qiladigan manashu so'z ustasi ekan. Salom berib so'rashmoqchi edim "e, bor, bor" desa bo'ladimi? Xamkasbimni ushbu so'zlari xayolimni bo'lib menda bir nechta fikrlar uyg'otdi. Bazi san'atkorlarimiz shu qadar osmondaki ularni ushbu darajaga ko'targan muxlislar ekanini unutishgan yoki eslashni xoxlamaydi. Saxnada ularni labidan bol yog'adi- ko'chadachi? Jurnalistlar qurshovida juda samimiy- xayotdachi? Keling saytdosh aynan shu mavzuda muloxaza yuritamiz. Extimol sizdaxam xayotizda shunaqangi voqea bo'lgandur. Extimol sizni xam san'ati oltin- o'zi tiginga qimmat qaysidur san'atkor dilingizni ogritgandur?
|