Bugungi kunga kelib estradamizda
honandalar soni minga yaqin.Ammo ular ichida bir-birini takrorlamaydiganlar
kam.Nilufar Usmonovaning ijodini doimiy kuzatuvchilaridan biriman desam xato
bo’lmaydi. Uning ijodiniham boshqa
san’atkorlarnikikabi kamchiliklardan
holi deb bo’lmaydi.Ayrim vaqtlarda kliplardagi mimika va harakatlarni oshirib
yuborishini aytmaganda qolganlarini yaxshi baholash mumkin. O’ylaymanki bu
kichkinagina tanqidim ularni ranjitmaydi deb. Ijod qilishda davom etavering
Nilufar biz muxlislar sizga omad tilaymiz.
Davr guruhi
2 Azamov Sherzod
Arxitektura va dizayen Instituti
talabasi
Hozirda Estradamizda ko’plab guruhlar mavjud bo’lib,ularning ko’pchiligi
bugun bor ertaga yo’q. Menimcha umuman honandalar qo’shiq kuylashdan
oldin,uning matniga ya’ni she’riga etiborni kuchliroq qaratsalar foydadan holi
bo’lmasdi nazarimda. Masalan Davr guruhining Ucharman deb nomlangan
qo’shiqlarini olsak. Bu qo’shiqning jumlalari umuman menga yoqmadi.
O’ylashimcha qo’shiqdagi gaplar bir-birini to’ldirmagan. To’g’ri qo’shiq klipi
original tarzda olingan ammo nazarimda qo’shiqda klip emas,so’z birinchi
o’rinda turishi kerak. Bu faqatgina Davr guruhiga emas,ko’pchilik honandalarga
tegishli .Bu fikrimizni nazarga olishsaalbatda foydadan holi bo’lmasdi.
3 Davlatov Rasul
Milliy Universitet talabasi
Yosh honandalarimizni ko’pchiligimiz tanqid qilamiz.Ammo bir gap bor
"Aravaning oldingi g’ildiragi qaysi tomonga yursa,ortidagisi ham unga ergashadi
deb”.Estradamizning ayrim yoshi katta honandalari ham o’zlariga yarashmaagan
qiliqlar va harakatlar qilib , o’zlarini yoshlarga qanday ekanliklarini
ko’rsatmoqchi bo’ladilarmi? Bilmadim ularning bunday harakatlarini tushunmayman.Inson
doimo biror ishni qilishdan oldin o’ylab, uning atrofdagilarga qanday tasiri
bo’lishi haqida mushohada yuritsa nazarimda barchasi yaxshi bo’lardi. Ayniqsa
bu borada san’at vakillarining o’rni muhim hisoblanadi .Yoshi kattalar shunday
ish qilib turgandan keyin, yoshlardan nimani kutish mumkin!
Rayhona
4 Yusupova Sarvinoz
Milliy Universitet talabasi
Rayhonning ashadiy muxlisasiman
.Uning har bir qo’shig’i mening uyali aloqa vositamdan va shuningdek qalbimdan
joy oladi. Oxirgi yaratgan "Sevaveraman” qo’shig’i ham shular
jumlasidandir.Ammo yaqinda bu qo’shiqning klipini ko’rib,u yerdagi ayrim
harakatlar Rayhonga umuman mos kelmaganini ko’rdim.Aynan o’sha kadrlarni
aytmaganda,klip juda yaxshi,noodatiy va profisional olingan.O’ylaymanki
Rayhonning keyingi ijodiy ishlarida bu kabi kamchiliklarni ko’rmaymiz.Uning
keyingi ishlarida omad tilayman.Undan yangi ijodiy ishlarini kutib qolaman.
Manzura
5 Olimova Laziza
San’at Instituti
Zamonaviy estradamizning barcha vakillarining ijodlarini kuzatib boraman.Shular
jumlasidan Manzuraning ijodini ham. Uning oxirgi kuylagan qo’shig’idan unchalik
qoniqmadim. Unga olingan klipdagi Manzuraning harakatlariniyu aytmasa ham
bo’ladi. Bu qo’shig’i va klipidan ko’ra avvalgilari original va yoqimliroq edi
deb o’ylayman.Bu mening fikrim . O’ylaymanki Manzura bundan keyin ham
takrorlanmas ijod qiladi
Maxsus sherlar.uz uchun Azizjon
Sattorov tayyorladi