Статистика |
XOZIR SAYTDA 1 MEXMON 1 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2010 » Декабрь » 5 » ::: Muxabbat mamlakati :::
17:30 ::: Muxabbat mamlakati ::: |
Muxabbat mamlakatining maydoni chegarasiz. Xaritadagi tasviri qo`shyurak shaklini eslatadi. Axolisini oshiq - ma`shuqlar tashkil etadi. Tili - ko`proq nikoh, mimika va ko`ngil shevasidan foydalaniladi. Mamlakat bo`ylab Ko`z yosh daryosi oqib o`tadi, unda Nafrat, Sevinch, Azob, Araz kabi orollar mavjud, shuningdek, Ishq burchagi ham bor. Mamlakatda Ko`ngil hukmron, aql esa Vazir. Yirik shaxarlari - Sog`inch, Xijron, Rashk, Visol, Armon. Poytaxti - YUrak! Jaxon bozoriga mehr va gullarni eksport qiladigan yagona davlat. Mazkur mamlakat doirasida inson o`ylab topgan hech qanday qonun o`tmaydi, aholi faqta Ollohga e`tiqod qilib, Suygan insoniga talpinadi. Shunisi e`tiborga molik- ki, har qanday tuyg`uning kelib chiqishini tekshirsangiz, ildizlari Muxabbat xududlariga boshlab keladi. Fuqarolar hech qanday toifaga, shoxlik-gadolikka ajratilmaydi. Bu mamlakatga qadam bosgan vazmin odam biyron, sho`x odam esa maxzun bo`lib qolishi tabiiy xol xisoblanadi. U yerda ham o`ziga yarasha bezorilar mo`lgina. Ular asosan ishqni xavas bilan adashtirgan g`ofillar bo`lib, sevgi bilan o`ynashish, ko`ngillarni vayron qilish xos odat. Siz aslo qo`rqmang, asl muxabbat ham bisyor, axir bir xovuch tillolarning qaysi biri asl, qaysi biri soxtaligini bir ko`rishda bilib bo`lmaydiku! Xar bir insonning umr yo`li Muxabbatga tushib o`tadi. Chunki u - Ikki dunyoda yagona mamlakat, uni Yaratganning o`zi qurgandur!
|
Категория: SEVGI |
Просмотров: 1672 |
Добавил: Nigi{JON}
| Рейтинг: 5.0/2 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|