Har bir nikohga nisbatan mana shu ko’rsatma amal qilishi kerak.: har biro dam faqat o’ziga maqbul bo’lgani uchungina emas, davlat manfaatini ham ko’zlab oila qursin. Aflotun
O’zing qo’rqqan odamni ham, o’zingdan qo’rqqan odamni ham chinakamiga seva olmaysan. Sitseron
Muhabbat hamma narsani birlashtiradi. Adovat esa ajratadi. Hislarga ishonma va fikrla. Akragenalik Empedokl
Aql bilan muhabbat o’rtasida hech qanday umumiylik yo’q. Volfgang Gyote.
Tuyg’ular olamida faqat birgina qonun- o’zing uchun sevimli odamga baxt ato etmoq qonuni hukmrondir. Go’zallik- baxt haqidagi bir va’da, xolos. Sevgi! Sen bizni bu dunyodagi qanday telbaliklardan zavqlanishga majbur etasan-a?!Zamin bo’ylab yoyilgan har qanday sevgi ayni ayni bir qonuniyatga amal qilgan holda tug’iladi, yashaydi,o’ladi. Ishq bezgakka o’xshaydi, u irodaga bog’liq bo’lmagan tarzda paydo bo’ladi va so’nadi, o’ladi. Stendal.
Qalb go’zallikni ko’rmay turib seva olmaydi. Grigoriy Savvich Skavoroda.
Sevgi- o’zga odamga baxt tilashdan o’zga narsa emas. David Yum
Hijron azobi o’zing nafratlanadigan odam bilan yashahsdan ko’ra yengilroqdir. Jan de Labrurer
Sevgiga aniq ta’rif berib bo’lmaydi. Sevgi qalb uchun hokimlik qilish istagi, aql uchun ichki o’xshahslikka intilish istagi, tana uchun esa egalikka intiluvchi nozik va pinhoniy istagidir. Fransua De Larushfuko
Go’zal ayol-ko’z quvonchi, yaxshi ayol- qalb quvonchi; ularning birinchisi noyob bir narsa bo’lsa, ikkinchisi-topilmas xazina. Napoleon
Har bir xalqning ma’naviyati uning ayol-qizlarga bo’lgan munosabatiga bog’liq. Vilgelm Gumbold
Ayolning barcha mehru sadoqati oila bilan bog’liq… Agar u sevmagan odami bilan turmush qursa bormi – baxtiqaro bo’ldi deyavering. Anna Luiza Stal
Hurmatga sazovor bo’lmagan muhabbat uzoqqa ham borolmaydi, yuksaklarga ham ko’tarila olmaydi: u bir qanoti singan farishtaning o’zginasidir. Aleksandr Dyuma
Muhabbat kundalik mayday-chuyda janjallaru g’iybatlarga chiday olmaydi. Oilam ulkan baxt-saodatga sazovor bo’lsin degan er-xotin bir-birlaridan oily fazilatlar izlab topishlari lozim. Onore de Balzak
Muhabbatning qadr-qimmati muhabbatga bosh eggan kishining qadri bilan teng. Pokiza odamlarning muhabbati ham pokiza bo’ladi. Romen Rollan
Muhabbat- ikki odamning bir-biriga tikilib o’tirishi emas, balki ikkovlonning bir maqsadga tomon tikilishidir. Antuan Sent-Ekzyuperi
Muhabbat – sevgan odamingning hayoti bilan yashash. Lev Tolstoy
Muhabbat haqida juda chiroyli gapiradigan erkakning o’zi ko’pincha sevib ko’rmagan bo’lib chiqadi. Jorj Sand
Erkak ko’pincha o’zini qattiq sevadigan ayolga sovuq nazar bilan boqadi. Bu borada, qalb tuyg’ularining ishi xayru sadaqa ishiga o’xshab ketadi: haqini to’lay olmagan odam rahmat aytishni ham unutadi. Nikola Shamfor
Ayol-farzand timsolida turmush o’rtog’ini, er—farzand timsolida xotinini sevadi; har ikkalasi uchun o’sha farzand- muhabbatning o’zidir. Gegel
Umid bilan uylanadilar, va’dalarga ishonib turmushga chiqadilar. O’zgalarning umidini oqlashdan ko’ra, o’zi bergan va’dalarni bajarish ancha mushkul tuyulgani uchun ham, aldangan ayollardan ko’ra, afsus chekayotgan erkaklarni uchratish mumkin. Vasiliy Klyuchevskiy
… G’aroyib fakt: daho insonlarning ko’pchiligi- zakovatli ayollarning farzandlaridir, ular otalaridan ko’ra, onalaridan ko’proq narsani o’zlashtirganlar… Genri Bokl
Har qanday behayolik ko’ngildagi pok tuyg’ularni mahv etadi, odamni umrbod lang qilib tashlash uchun zaharlaydi. Aleksandr Gersen
Yaxshi ayol-bo’ronli kunda oldingdan chiqqan bandargoh, yomon ayol-bandargohda boshlangan bo’ron. Jon Ptitsen
Ayol qanchalik go’zal bo’lsa, shunchalik hayoli bo’lishi kerak. Fridrix Nitsshe
|