Статистика |
XOZIR SAYTDA 3 MEXMON 3 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2010 » Ноябрь » 22 » Musulmon hech kimni urmas va so‘kmas..
22:01 Musulmon hech kimni urmas va so‘kmas.. |
Ne tilaging bo‘lsa, Allohdan tila, Yo‘qsa ishing to‘xtar, uzayar ohing. Har ishni boshlagin Alloh nomi-la: "Bismillahir rohmanir rohim...”
* * *
Allohga hamd bo‘lsin, cheksiz beadad. Uning hukmidadir osmonu zamin. Maqtovga loyiq zot Allohdir faqat: "Alhamdulillahi robbil ‘alamin...”
* * *
Borligiga keltir imon, Tog‘u toshlar bunga shohid. Alloh birdir, bunga inon: "Innama ilahun vahid...”
* * *
Shafqat, marhamat-la yorlaqar bizni, Maxluqotlar rizq-ro‘zin yetkazur doim. Taqdir etgan Udir har ishimizni: "Zalika taqdirul azizir-rohiim...”
* * *
U iroda etsa mutlaq bo‘ladir, Unga pinhon emas har yon, har iqlim. Hatto ko‘nglingdagi sirni biladir: "Vahuva bikulli shay’in aliym...”
* * *
U qulni kechirgay, U rahm qilar, Go‘zal ismlari Raufu Rohiym. Tavba qilganlarni bilgin afv etar: "Innahu huvat-tavvabur-rohiym...”
* * *
Alloh va’dasidir: yetkazar rizqing, Shubhasiz, bu qulga buyuk marhamat. Namoz o‘qi. Zakot ber qodir bo‘lsang: "Va aqimus-solata va atuz-zakat...”
* * *
Inson tafakkurda, harakatda hur, Amallarda sokin, xotirjam bo‘ling. Alloh qilganingiz har ishni ko‘rur: "Vallohu basiyrun bima ya’malun...”
* * *
Uning izmidadir zaminu samo, Har ish amri ila bo‘ladi sodir. U har ishga mohir, qodir doimo: "Vallohu ‘ala kulli shay’in qodir...”
* * *
Alloh sabr aylagan qulni sevadi, Mo‘min yuksaladi sabr etgan sayin. Alloh sabrlilar bilan birgadir: "Innalloha maas-sobiriyn...”
* * *
Allohga ko‘p shukr aytgan baxtiyor, Zero, U har damda – sizdan xabardor. U bilar chin shokir banda asli kim. "Fainnalloha shakirun aliym...”
* * *
Uning oyatlari ko‘p, Kofiy bunga ko‘k va suv. Undan o‘zga Tangri yo‘q: "La ilaha illa hu...”
* * *
Kim u o‘zin sanar juda quvvatli? Axir hamma uchun hisob bor, hisob. Allohning azobi, qattiq shiddatli: "Va innalloha shadidul azab...”
* * *
U afv etguvchidir, kechirgay albat, Nadomat chekib, chin tavba qilaylik. Alloh gunohlaring aylar mag‘firat: "Innalloha g‘ofurur rohiym...”
* * *
Yomonlikka yaxshilik qilsang ajr bor, Yaxshilik, go‘zallik – shiori dinning. Alloh ehson etgan qullarni sevar: "Innalloha yuhibbul muhsiniyn...”
* * *
Fasod bir ilondir, boshin darhol ez, Fasodchining ishi oxiri barbod. Alloh fasodchini yomon ko‘radi: "Vallohu la yuhibbul fasad...”
* * *
Insonlar barchasi bir asldandir, Bo‘lsa ham biri oq, biri qoratan. Bir millat bo‘lgani shundoq ayondir: "Kanan – nasu ummatan vahidatan...”
* * *
Mumkinmi bir nima Undan yashirmoq? U hammasin ko‘rar, bilar – qolmas sir. Hamma ishimizni ko‘rmoqda Haq-rost: "Innalloha bima ta’maluna basiyr...”
* * *
Eng to‘g‘ri qarorni Sen berasan, Sen, Ey ulug‘ Allohim, ey ulug‘ Rabbim. Har neni eshitib ham bilasan Sen: "Innaka antas-sami’ul aliym...”
* * *
Musulmon hech kimni urmas va so‘kmas, Qidirmas kimsani qiynamoq yo‘lin. Shubha yo‘qdir, Alloh zolimni sevmas: "Vallohu la yuhibbuz-zolimiyn...”
* * *
Sabr etgan doimo murodga yetar, Ey mo‘minlar, siz ham murodga yeting. Alloh ham sabrli qullarin sevar: "Vallohu yuhibbus-sobiriyn...”
Turk tilidan Abdumurod Xolmurodov tarjimasi, "Hikmat yog‘dulari” kitobidan olindi.
|
Категория: ISLOM |
Просмотров: 2211 |
Добавил: BEKO
| Теги: kimni, so‘kmas.., VA, hech, urmas, Musulmon
| Рейтинг: 5.0/2 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|