Musiqa tinglang! ozasiz!
Olimlarning aniqlashicha, sevimli musiqani tinglash insonga katta zavq bag'ishlashi bilan birga uning ozishiga xizmat qilar ekan .
Musiqa qon aylanishi tizimiga bor-yo'g'i bir necha soniya ta'siz qiladi. Shunday bo'lsa ham sevimli taronani tinglashdan keyingi hissiyotlar davomiydir. Ular har qanday yoshdagi insonlarga yaxshi ta'sir qiladi.
Olimlar yuqoridagi ma'lumotlarni aniqlashdan oldin o'ziga xos tajribani o'tkazishdi.Buning uchun ular chekmaydigan o'rta yoshli erkak va ayollarni to'plashdi.
Tajribada qatnashgan insonlar sevimli kompozitsiyalarini tinglaganlarida bilakning yuqori qismidagi qon tomirlarining diametri 26% ga oshganligi ma'lum bo'ldi.
Bundan tashqari, musiqa xolesterinning kamayib, qonga oqsilning o'tish yo'lini kengaytirish xususiyatiga ega ekanligi aniqlandi.
Shunday ekan, Musiqa tinglang va tik qomatga ega bo'ling.
|