Germaniyalik Uve Mitssherlix o`zining kasal bo`lib qolgan mushugiga uylandi. Mushukning laqabi Sesiliya. Germaniyada hayvonlarga uylanish taqiqlangan, shuning uchun ham to`y marosimi yashirincha o`tkazilgan. Mitssherlix to`y tantanasini o`tkazish va nikoh o`qish uchun nemis aktrisasi Kristin-Mariya Loriga 260 yevro to`lagan. "Men buni shunchaki hazil marosim deb o`ylagan edim. Lekin mushukka uylanishga roziligini bildirgan yigitning ko`zlarida yosh ko`rdim", dedi aktrisa. Nikox marosimiga kelgan yigitning hamkasblari baliq va shampan vinosi bilan mehmon qilindi. Xasta mushukka esa dengiz mahsulotlaridan taom tayyorlandi.