Статистика |
XOZIR SAYTDA 8 MEXMON 8 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2015 » Ноябрь » 26 » Muqobil energiya – samaradorlik omili
00:56 Muqobil energiya – samaradorlik omili |
Buxoroda muqobil energiya manbalari va ulardan foydalanishning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan respublika ilmiy-texnik anjumani bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Buxoro davlat universiteti hamda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi viloyat kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbirdaPrezidentimiz rahnamoligida ekologik toza muqobil energiya manbalaridan foydalanishning me’yoriy-huquqiy bazasini mustahkamlash, sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Davlatimiz rahbarining 2013-yil 1-martdagi “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotir.
Mazkur hujjat ijrosi doirasida ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Quyosh batareyali panellar, suv isitish kollektorlari ishlab chiqarilib, ulardan uylar, turli ijtimoiy obyektlarda keng foydalanilmoqda.
– Mamlakatimizda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish borasida katta imkoniyatlar mavjud, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika va avtomatika instituti laboratoriya mudiri R.Zohidov. – Ayni paytda quyosh va shamol energiyasidan foydalanish borasida jahon tajribasini o‘rganish, ilmiy-tadqiqotlarni kengaytirish choralari ko‘rilmoqda. Quyosh va shamol energiyasini elektr energiyasiga aylantiradigan universal qurilmalar yaratish dolzarb ahamiyatga ega. Minigidroelektrstansiyalar qurilishi, ulardagi energiyani yagona tizim tarmoqlariga uzatish borasida samarali izlanishlar olib borilayotir. Prezidentimizning 2015-yil 5-maydagi “2015-2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sig‘imini qisqartish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi qarorida qayta tiklanadigan energiya manbalari ishlab chiqaruvchi qurilmalar tayyorlashga ixtisoslashgan korxona va tashkilotlarga soliq imtiyozlari berilgani ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Anjumanda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish sohasida olimlar tomonidan amalga oshirilayotgan tadqiqotlar haqida so‘z yuritildi. Kelgusi yildan boshlab qishloq joylarda qurilayotgan namunali uy-joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalarini bosqichma-bosqich joriy etish ko‘zda tutilayotgani aholi turmush madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
|
Категория: Новости Узбекистана |
Просмотров: 508 |
Добавил: JAHONGIR
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|