Amalingiz g`ayridiniy, dilda bo‘lsin deysiz Olloh,
Javon to`la qator kitob QUR`ON bormi uyingizda?
Ertak o`qib o`sayapsiz, Muhammadning ummatlari. Dasturxonga non qo`yasiz, fotihadan ham qochasiz,
Ta'rifini ko‘p keltirib qimmat aroqlar ochasiz.
Gazak deysiz harom-harish, cho`chqa go`shti hamisha bor,
Halol luqma yemayapsiz, Muhammadning ummatlari.
Farzandlarga pul tutqazib, yoshlik deysiz sursin davron,
Erta kunda boshingizda o`qirlarmi bitta QUR`ON,
Qiyomatda bir savobin sizga berishi begumon
Din o`rgatib o`tmayapsiz, Muhammadning ummatlari.
Mayxonalar qo`nog`ingiz, sarxush qaytasiz kechada,
Borgansizmi, bilasizmi masjidingiz qay ko`chada.
Taxlam-taxlam turar gilam, topilgaymi bir joynamoz
Namoz bilmay o`tayapsiz, Muhammadning ummatlari.
Tavba uchun kech bo`lmasin kechirgay Ollohingiz
Joyingizni jahannamdan qilmasin gunohingiz.
Qiyomatdan payg`ambarlar hatto qo`rqib turibdi
Sizlar qanday ummatsiz, Muhammadning ummatlari