Статистика |
XOZIR SAYTDA 2 MEXMON 2 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Октябрь » 21 » Muhammad Yusuf xotirasiga
12:46 Muhammad Yusuf xotirasiga |
Muhammad Yusuf xotirasiga O’tib borayotir bu umr – karvon, Aylab dil atalmish kulbamni vayron, Muhammadsiz qoldik, Muhammadsiz-ey, Nega yig’lamaysiz, ahli Andijon. Bag’ringda bo’y etgan bo’z bolang ketdi, Burguting ham lochin ko’z bolang ketdi, O’zgamas, o’zbeging, o’z bolang ketdi, Nega yig’lamaysan, ahli Andijon.
Yulduzni yig’latgan ash’ori qoldi, Bag’ri qon qizg’aldoq – alyori qoldi, Boychechagu jayron, gul – yori qoldi, Nega yig’lamaysan, ahli Andijon. Yig’lab qoldi bir qiz buloq boshida, Armon – o’kinchlari ko’zin yoshida, O’kinib-o’kinib qabri qoshida Nega yig’lamaysan, ahli Andijon. Uchmoqqa o’ch edi uchmoqqa uchdi, Ulug’ Ulug’begin ulug’in quchdi… Osmoningdan yorqin yulduzing uchdi Nega yig’lamaysan, ahli Andijon. Bu kun yo’lbarslarga edirgum dilim, Yuragim edirgum, edirgum tilim. Ko’klamoyning ko’kin so’rab bir chimdim, Nega yig’lamaysan, ahli Andijon.
|
Категория: SHERIYAT |
Просмотров: 6085 |
Добавил: shohruxxon
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|