«Muhabbatnoma»ning yopiq prem'erasi bo'lib o'tdi...
«Muhabbatnoma»ning yopiq prem'erasi bo'lib o'tdi...
Kino biznes ham shou biznes kabi rivojlanib bormoqda. Albatta bu quvonarli holat. Hozirgi kunda yosh rejissorlarimiz tomonidan suratga olingan kinofilmlar katta ekranlarda namoyish qilinmoqda. Ana shunday rejissorlardan biri Akbar Bekturdievdir. Kecha ushbu rejissorning yangi "Muhabbatnoma" filmining yopiq namoyishi bo'lib o'tdi...
"Turkiston" saroyida bo'lib o'tgan ushbu yopiq namoyishda o'zbek kino va shou-biznes vakillari, hindistonlik kinoijodkorlar va film ijodiy jamoasi ishtirok etdi. Akbar Bekturdievning ushbu filmi mart oyida keng ommaga taqdim etilishi rejalashtirilgan. Filmda bosh rollarni Farruh Soipov, Jahongir Poziljonov hamda hind aktrisasi Snigdxa Pandey ijro etgan.