Tuni bilan yog'di yomg'ir baxs boylashib ko'z yoshimga,
Sel yuvadi g'uborlarim, dard quyilar bardoshimga, Qora tunda qora bulut aylanadi sirdoshimga, Nega senga "ketgin" dedim, sen ham ketding Muhabbatim? Nega bir-bir tashlab ketdi qalbim suygan yaqinlarim? Nega bir bir o'char bo'ldi mehr nomli yolqinlarim? Qayda qoldi dilimdagi quvonchlarim, toshqinlarim? Nechun sendan kechar bo'ldim, sen ham kechding Muhabbatim? Yo bardoshim etmasmidi? Taslimmanmi xijronlarga? Adashdimmi yana qayta mehrim berib insonlarga? Yoki yana aldandimmi taqdir degan dostonlarga? Seni tashlab men ketdimmi yoki senmi Muhabbatim? Seni ko'rmay suygan bo'lsam ko'r qalbimni suyarmiding? Orzularim bilganingda sen ham armon tuyarmiding? Isming aytib jonim bersam zarra bo'lsa kuyarmiding? Ketma desam qabrimda ham qolarmiding Muhabbatim? Yomg'ir yog'ar sel sel bo'lib, savollarga yo'ldosh bo'lib... Chaqmoq kabi portlay deyman, dod solaymi ko'ksim to'lib? Bulut to'sgan hilol kabi ruhim borar asta so'nib, Men ketgandek tashlab seni umrim ketar Muhabbatim...
|