Salom aziz sayt azolari men sizlarga o'z hayotimda bo'lib utkan voqiyani aytib bermoqchiman. Bundan bir necha yil oldin kalejga imtihonlarimni topshirib nihoyat kirdim yaqin dugonam ham men bilan bita kallejga topshirdik. U qiz judayam soda, mehribon va meni eng yaqin dustim edi. Sentabr oilarida dugonamni bir yigit yoqtirib qoldi, va u bilan gaplashmoqchi bulib orqasidan qolmadi. Lekin dugonamga u bolani yoqtirmadi, gaplashkisi kemadi. Menchi unda nega uni yoqtirmisan kelishkan ajoyib bo'lsa derdim, chunki uni qandayligini bilmagan edim o'shanda.
Oradan ancha kunlar utdi o'shanda o'sha yigit meni oldimga kelib meni muhabbatimni qozonishga oshiqadi. Menchi u kim o'zi? derdim va uni hech qachon uni yoqtirib qolaman deb uylamagan edim. U bir kuni men *seni sevaman dedi* va u bilan birga bo'lishimni so'radi, menchi birovni sevgisini rad etolmadim. Chunki aslida meni ham unda kunglim bor ekan. O'sha kuni dugonamga buni aytim bor narsani. Lekin dugonamchi u ham u yigitni yoqtirgan ekan lekin aytmagan ekan. Men ikki o`t orasida qoldim, lekin dugonam shunchalik yaxshi qiz ediki sizlar birga bo`laveringlar dedi, va sevgisidan vos kechdi. O'shanda bir tomonlaman hursand bo`lsam bir tomonlarma hafa edim, lekin o`sha bolani rostanham sevib qolgandim. Oradan kunlar o`tdi va men uni aslida qanday ekanligini bildim. U qizlarsiz tura olmaydigan yigitlardan ekan, umuman dunyoqarashlari menikidan farq qilarkan. Men bilan bo`lgan paytlari ham boshqa qizlardan ko'zini uzolmasadi. Bundan keyin uni kursdoshlari menga u tug'risida yomon gaplar aytishdi meni hayolimda ham bir fikr bor edi, u balki meni sevmas shunchaki laqilatib yurgandir degan. O'shandan keyin u bilan orani ochiq qilmoqchi buldim. Chunki uni tez unitaman deb uylagandim. Lekin bunday bo'lib chiqmadi. Balki u bilan orani ochiq qilib hatto qilgandirman?...Lekin uni qizlarga o`chligi meni bu yo'lni tanlashga majbur qildi. U meni tez unitdi shekili boshqa qizlarga o`tdi, va o'sha qizni meni boshqa dugonamni tanladi u qiz meni kursimga borardi. Endi o'sha eski dugonamni ahvolini tushundim. Hozir bo'lsa u yigit kursimizga kelib o`sha qizni kutib uni laqilatish maqsadida. Buni ko`rib meni yuragim orqaga tortadi uni asli basharasini shunchalik qalinligini va muhabbat nima ekanligini bilmasligini bilmagandim. Agar buni oldinroq bilganimda umuman u bilan birga bo'lmagan, va hech qachon yuragimdan joy bermagan bo'lardim. U kursimizga kelib o`sha qizni kutib termuladi oldinlari men uchun kelardi buni kursdoshlarimiz ko'rib qara seni kutyapti deyishadi lekin bilamanki u meni emas boshqasini kutadi. Ularga nima deyishni bilmayman. Nima shunchalik oson ekanmi? Sevgi deganlari. Uni hayolimdan butkul o'chirishni hohlardim...lekin udasidan chiqa olmayapman va men o'zimni bahtsiz his qilyapman. Nima qilishni bilmayman iltimos maslahat beringlar...
Negadir kunglim g'ash
Atrofga boqaman qib qizil quyosh
Aziz tog'lar ortiga yo'l olgan,
Osmon qorong'u
Huddi zim ziyo qalbim misoli.
Kun o'z payoniga yetmoqda,
Misli meni hayotim singari.
Lekin nega? ahir meni yashagim kelyapti,
Men hali yoshmaniku...
yuragim tubidagi qancha orzu umidlarim,
nima bo'ladi?
Mening bahtimni kutayotkan ota-onamchi?
Afsus qismatim oldida ojisman,
Endi yam yashil darahtlarni
Shamolar bilan g'amgin
shivirlari mendan yiroq.
Yaqinlarimni shodon kugisi menga begona!
|