Статистика |
XOZIR SAYTDA 7 MEXMON 7 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2010 » Январь » 24 » Muhabbat qadri bormi?
01:06 Muhabbat qadri bormi? |
Kuygan ko'ngil qanchalik mexrli va mexrga tashna bo'la olishi mumkin? Buni faqat muhabbat olovida yongan inson biladi. Yolg'on muhabbat olovi esa yurakni kuydirish uchun o'zidan qanchalik kop yorug'lik va issiqlik chqarishi sof muhabbatning ayrilig'idan xam azoblidir. Sariq rang ayriliq demakdir. Huddi shu atirguldek, oxiri ayriliq bilan tugagan sevgi esa chin sevgi deyishadi,yolgon bo'lganichi? Nega bir inson ikkinchi insonni sevganida uni qadriga yetmiydi? Manimcha ikkinchi insonni birinchi inson sevgisidan kechib ketishiga ko'p xollarda uchinchi insonni paydo bo'lishi sabab bo'ladi. Axir sevgisi tufayli bir inson butun umrini ikkinchi insonga bag'ishlashi,qolgan umri unga mexr berish,uni asrashi,avaylashi,qadrlashi,etibor,yahshi-yomon kunida yonida dardiga shifo bo'lishi bilan o'tishiga befarq bo'lishni vijdon qanday qabul qiladi? Savollar ko'p, lekin javob... xar bir insonda o'ziga yarasha. Xar bir qalbda xamma vaqt muhabbat yashiydi, shunchaki xozirgi kunda balki xayot tashvishlari bu xaqda o'ylanishimizga oz imkon bermoqda. Balki shu bois xam "baxt" degan so'zni manosini, mag'zini, shirasini yetarlicha tatib ko'rmayotgandirmiz. Muhabbat insonga nima uchun beriladi,insoniyatga nima uchun berilgan? Ikki inson bir biriga ko'ngil qo'yib, o'zlari istagan insonni topganidan, bir birlaridan xavo zaruriyatidek muxtojlik sezsa, ikki yoshni xayot yo'lini birlashishiga olib keladi. Manimcha Olloh aynan shu maqsadlarni ko'zlab kongilga bunday tuy'gularni berib qo'ygan. Tasavvur qiling, xech bir ayol yoki erkak bir birlaridan muxtojlik sezmay, ko'ngil qo'ymay, muhabbatsiz toq yashasa,yoki majburiyat tufayli turmush qursa. Buni xuddi o'sha insonlar xayotidek rangsiz rasmga o'xshatish mumkin. Qolaversa ularni xayoti davomiyligi, tinchlik bilan o'tishi,bir birlarini tushunishi, xurmat qilishlari, xayoti mustaxkam bolishiga kim kafolat beradi. Tog'ri, sevib turmush qurganda xam xattoki xechkim kafolat berolmiydi, lekin bu o'zlari tanlagan yo'lga faqatgina o'zlari javobgar bo'ladi, bir biriga bo'lgan mexri, xurmati, ezozi, muhabbati nazarga ilinadigan darajada oilani mustaxkam qiladi va oiladagi ba'zi bir mojarolar(bir biriga nisbatan yomon munosabat) ni kamroq bo'lishini taminliydi. Manimcha, ikki yoshni bir birlariga yaqinlashtirib turadigan, munosabatni mustaxkamliydigan, turmush davomida xar bir oilada xamma vaqt bir birlaridan talab qilinadigan va bo'lishi kerak bo'lgan omillar quyidagicha: 1. Tushunish 2. Hurmat 3. E'tibor 4. ... Bularga yana ba'zilarini o'zlari xolagan o'rinlarga belgilab amalda qo'llagan maqul: ishonch, e'zoz, qadr, shirin so'z, mexr, rashk, erkalash. Oxirgilarini ko'rib chiqamiz, rashksiz yana bir birlariga muhtojlik yo'qdek tuyuladi. O'zingizni tasavvur qiling sizni rashk qilmasa demak siz sizga kerak bo'lgan insonga kerakmasdek sezasiz. Oilada rashk xam o'z o'rniga ega va meyyorli bo'lishi kerak. Erkalash esa xuddi shirin so'zdek oilani mustaxkam qiladigan xarakatlarga kiradi.Xukmronlik (qattiq qo'llik) xam oilani qaysidir ma'noda mustaxkam qiladi. Ikki yosh muhabbatini ilk kunlaridan to oilani mustaxkam qilib ushlab turishgacha qancha qiyinchiliklarni ko'radi.Bunday baxt xammaga xam nasib qiluvrmiydi.O'zimiz istagan va bizni istagan baxtni topguncha qancha dillarni kuydiramiz va o'zimiz dillarimiz qancha yonib kuyadi. Buni bilib turib yana-yana muhabbat olovi bilan o'ynashamiz, baxtimizni sinab ko'rishga xarakat qiluvramiz.Shunday ekan... Ey dustlar sevingiz sevilsangiz gar, U inson siz u4un jonini berar, Sizga etgan suzlaridan mexrini sezing, Sadoqatli sof sevgi olamin kezing. Nodir MuhammadMuso
|
Категория: SEVGI |
Просмотров: 1598 |
Добавил: matmusa
| Рейтинг: 5.0/2 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|