Muhabbat kuydirsa kuydirsin, Azobi jonimdan to‘ydirsin. Ne bo‘lsa muhabbat bo‘ldirsin, O‘ldirsa muhabbat o‘ldirsin.
Yoritmang bu tiyra shomimni, Telba deb atanglar nomimni. Qo‘sh qo‘llab topshiray jonimni, O‘ldirsa muhabbat, o‘ldirsin.
Osinglar Mashrabning so‘ziman, O‘yinglar Ro‘dakiy ko‘ziman. Oh desam nomardning o‘ziman, O‘ldirsa muhabbat, o‘ldirsin.
G‘iybatchi, g‘iybating qilaver, Boshimga balodek kelaver. Bag‘rimni burdalab tilaver, O‘ldirsa muhabbat, o‘ldirsin.
Sevgim bor hech kimga aytmagan, Yorim bor manglayga bitmagan. Zorim bor tangriga yetmagan, O‘ldirsa muhabbat, o‘ldirsin.
Tosh otmang bu erka qushimga, Zo‘rg‘a bir kirganda tushimga. Ey Karim, kelmasdan hushimga, O‘ldirsa muhabbat, o‘ldirsin.
_________________________________________ "MUHABBAT"ning qadri
"Muhabbat" deb muhitlarni boshdan oyoq kessinlar Uni aslo ko'rmasinlar yurak bilan sezsinlar Dengiz qa'ri tortganida o'nglayolmay o'zlarin Eh... ushanda eshitsaydim so'nggi aytgan so'zlarin
So'zlarida nelar chaqnar qo'rqinch, o'kinch yo dahshat Yoki dengiz gavharida yonib turgan "Muhabbat" Men "Muhabbat" degan hisni chuqur jarga qo'yardim Atrofini keskir toshlar, olov bilan o'rardim
O'tkazardim qil ko'prikdan bor muhabbat ahlini Sinar edim sadoqati, bardoshini, aqlini Mayli jondan kechsalar ham chidasinlar bariga Faqatgina yetsalar bas "MUHABBAT"ning qadriga
_________________________________________ AYTAMAN BIR KUN!
BAHOR KELIB-KETDI SHODLIK BAXSH ETMAY, KUZ HAM KELIB-KETDI DILNI G'ASH ETMAY. HISNI ASRADIM HECH KIMGA AYTMAY, SENGA SEVISHIMNI AYTAMAN BIR KUN!
VAQTGA HUKM O'TMAS, KUTMOQDAMANKU SENGA YURAGIMNI TUTMOQDAMANKU KO'ZIMGA QARASANG TITRAYAPMANKU SENGA SEVISHIMNI AYTAMAN BIR KUN!
SENDAN OZROQ MEHR KUTISHIM MUMKIN ZAHAR BERGIN BOLDEK YUTISHIM MUMKIN SEVASANMI YO'QMI BILMAYMAN LEKIN SENGA SEVISHIMNI AYTAMAN BIR KUN
_____________________________ Uyqudan kuchlisi dunyoda bo'lmas,
Toliqqan kishiga ko'rsatar kuchin.
Lekin men uxlayman toliqqandanmas,
Seni tushlarimda ko'rmoqlik uchun.
_______________________________ BAXTning ulug'ini senga tilarman, JON desa SEN uchun JONIM berarman, Unutma yurakdan aytgan so'zlarim SENI tanamdagi JON deb bilarman.
_______________________________ Muhabbat gul emaski hidlab ketgani, So'ligach qiyo boqmay tashlab ketgani. Muhabbat she'r emas uni yod olib, Uchragan insonga izxor etgani!!!!
_______________________________ Muhabbat-la keldim dunyoga, Muhabbat-la yashayman mangu, Muhabbatim muhrlab qalbga, Muhabbat-la o'larman bir kun
...........♥.♥..♥.............♥..♥.. ♥ ......♥................♥..♥.................♥ ....♥....................♥.....................♥ ...♥............................................♥ .....♥........................♥......♥........♥......♥ .......♥...................♥............... ♥...........♥ ..........♥.................♥............♥..............♥ ..............♥.............. ♥.......♥..............♥ ...................♥..............♥.............♥ ............................♥........... ♥
|