Sevgi. Uni hamma har hil tushunadi.
Kattalarda sevgi mehr-muhabbat, ishonch,
qo`llab-quvvatlash tuyg`ulari bilan bog`liq.
Bolalarda-chi? Ular sevgiga qay ko`z bilan
qarashadi?
Aziza, 7 yosh: - Buvim qo`llari qaltirab, tirnoqlariga lak surtolmay qolganida bobom qo`llari qaltirasa ham buvim hafa bo`lmasin, deb qo`llariga lak surtib qo`yadi.
Mana shu sevgi.
Otabek, 4 yosh: - Agar kimdir seni yaxshi ko`rsa, u ismingni erkalab aytadi. Oyim meni "Otash" deganlaridek.
Ruxsora, 8 yosh: - Agar yaxshi ko`rmasa, "sevaman" demasligi kerak. Yaxshi ko`rsa, tez-tez aytib turishi lozim. Bo`lmasa, odamning esidan chiqib ketadi.
Malika, 6 - yosh: - Sevgi, bu - qiz va yigit atir sepib, uchrashuvga chiqishadi. Keyin bir birlarini hidlashadi.
Shahnoza, 6 yosh: - Yeb turgan gamburgeringning katta bo`lagini yaxshi ko`rgan odamingga bersang, shu sevgi.
Shohida, 4 yosh: - Opam meni juda yaxshi ko`radi. Chunki u o`zining kichkina ko`ylaklarini menga beradi, o`zi esa borib yangisini sotib oladi.
Komila, 7 yosh: Kimnidir yaxshi ko`rsang, kipriklaring o`z-o`zidan yumilib-ochiladi va yulduzchalar chiqadi.
Maftuna, 4 yosh: - Sevgi - qancha charchagan bo`lsang ham, yig`laging kelsa ham, yig`lamasdan kulib turish.
Sarvara, 5 yosh: - Qaysi bola sizga yoqsa, unga kiygan ko`ylagi chiroyli ekanini aytasiz. Keyin u bog`chaga faqat shu ko`ylagini kiyib keladi. Ana shu sevgi.
Nodir, 5 yosh: - Oyim choy damlaganida dadam ta`mini bilish uchun ichib ko`radi, shu sevgi.
Fozil, 5 yosh: - Sevgi, bu - bobom va buvim. Ular qarib qolgan bo`lishsa ham do`stlashaverishadi.
Sevara, 6 yosh: - Oyim meni hammadan ham ko`p yaxshi ko`radi. Chunki u har doim uxlashimdan oldin yuzimdan o`pib qo`yadi.
Jahongir, 5 yosh: - agar kimnidir ko`proq yaxshi ko`rmoqchi bo`lsang, unda eng yomon ko`rgan o`rtog`ingni yaxshi ko`rishing kerak.
Mashhura, 7 yosh: - Maktabning katta zalida hammaning oldida pianino chalishga rosa qo`rqdim. Shunda dadamni ko`rib qoldim. U menga kulib, qo`linisilkitdi. Shundan keyin qo`rqmadim. Shu sevgi.
Jamshid, 6 yosh: - Yaxshi ko`rgan bola qizning rasmini o`zi xunuk bo`lsa ham chiroyli qilib chizadi. Shu sevgi bo`lsa kerak.
Dilshod, 4 yosh: - Sevgi - iting bilan kun bo`yi o`ynamagan bo`lsang ham, kelib, yaxshi ko`rib, yuzingni yalashi.
Gulzoda, 4 yosh: - Sevgi - kasal bo`lib, isitmalab yotganingda yaxshi ko`rgan odamingning ovqat pishirib, dori ichirib qo`yishi.