muhabbat nima?
Muhabbat nima? Talaba: Muhabbat qayta topshirishga yurak betlamaydigan imtihonga o'xshaydi, bir marta rad javobini olsang, qaytib ko'chasiga kirolmaysan. Tilshunos: O'zi undov belgisi kabi sarvqomat, oshiqlarni so'roq belgisi kabi egib qo'yadigan mo'jiza. Adabiyotchi: Muhabbat yoshlikning kulminatsion nuqtasi. Matematik: Xaligacha formulasi kashf etilmagan murakkab masala. Darvozabon: Muhabbat -eng havfli vaziyat. Ovchi: Kimni ilintirsa aslo bo'shatib yubormaydigan qopqon. Muallif:Intilganda yor bo'ladigan tole.
Muhabbat haqida she'r.
Seni sevganimni koshki bilsayding, Qalbim sadosini tinglab ko'rsayding. Yo'q, buni bilmaysan, bilmagansan xech, Tinglab ham bir bora ko'rmagansan xech. Sevgimni quyoshga taqqoslasam gar, Quyosh ham bulutda qoladi har gal. Oygami o'xshatsam, yoki samoga bular ham quyoshga hamroh har maxal. Suvday tiniq desam sevgimni agar, Suv ham loyqalanar,muzlab ham qolar. Yoki dur desammi,yoki u gavhar, Duru gavharlarni sotib olishar. Uni gul desammi, yoki u asal, Asal guldan bo'lur-gul asa asal. Sevgimning asalday shirinligi bor Gulga qaysi yurak bo'lmagan xumor Sevgimni senga men aylasam izxor, Hayo olovida kuyishim darkor. Yo o'zing anglasang ishqimni ilk bor Qahru g'azabingda qoldirma zinhor.
|