Biz, musulmonlarning dardiga sherik bo‘lmoq vazifasidadirmiz. Bizning o‘z dardimiz muhim emas... Tirikchiligimizni eplay olishimiz mumkin, har turli imkonga ega bo‘lishimiz mumkin, ammo mazlum qardoshlarmiz, birodarlarimiz bor, haqsizlikka duchor bo‘lgan birodarlarimiz bor, mahbus birodarlarimiz bor!.. Dunyoda ezilgan, ezib ishlatilgan birodarlarimiz bor, xo‘rlangan birodarlarimiz bor, qaram, tutqun birodarlarimiz bor... Va bir o‘yin ko‘zimiz oldida davom etmoqda, bilamiz, ko‘ryapmiz... Shuning uchun biz, musulmonlarning bir-birlariga do‘st bo‘lmog‘i shuurini rivojlantirmoqni eng muhim g‘oya, maqsad deb tutdik va buning uchun ish boshladik. «Vallaziy nafsiy biyadihi» – «Jonim, nafsim qudrati qo‘lidadir», farmoniga bog‘liqdir: «Yasha!» desa, yashagayman, «O’l!» desa, o‘lgayman; nafsim, jonim O’z amrida bo‘lgan Allohga qasamki, ont ichamanki, «la tadxulul jannata hatta tu’minu...» jannatga kira olmassiz, toki mo‘‘min bo‘lmaguncha!.. «valaa tu’minu hatta tuhibbu...» – «mo‘‘min bo‘la olmassiz, toki bir-biringizni yaxshi ko‘rmaguncha, sevmaguncha!..» Demakki, jannatga kirmoq uchun mo‘‘min bo‘lmoq sharti bor. Mo‘‘min bo‘lmoq uchun esa birbirimizni sevmog‘imiz, yaxshi ko‘rmog‘imiz, bir-birimizning dardlarimiz bilan dardlanmog‘imiz, bir-birimiz bilan bog‘lanmog‘imiz, ko‘ngil bog‘larimizni – aloqalarmizni sog‘lom va baquvvat saqlamoq, birlik birdamligimizni chinakam, haqiqiy bo‘lmog‘i shart... «Ashiddau ‘alal kuffori ruhamau baynahum...» «Kofirlarga nisbatan shiddatli, qattiq, o‘z oralarida marhamatli» tarzida bo‘lmog‘i lozim!.. Buning uchun do‘stlikning savobini qo‘lga kiritaylik. Allohning sevgisiga noil bo‘laylik; dori na’imi bo‘lgan, rizosining yurti bo‘lgan jannatga kirmoqdan mahrum qolmaylik, deb sevgi – mehr-muhabbat ishlarining ahamiyatiga ishonganimiz uchun bu boralarda faoliyat ko‘rsatishga kirishdik.
|