Muhabbat O’lmaydi, deydilar ,asl muhabbat, Men ham bugun uni yurakka ko’mdim. Ochilmayin so’lgan sevgim haqqiga Pinhon tilovatlar qilishga ko’ndim. O’zimni qiynamoq menga orzumas, Yuragimni berib qayg’u alamga . Endi unutishim kerak sizni,bas, Yo’qsa qalbga kim solmas alanga. Sizni unutmasam murg’ak yurakni Bir umrga armon parchalab tashlar. Tatimay qoladi eng baxtli damlar , Sizsiz bag’ri –dilim ayriliq g’ashlar. Naqadar azobli sizni unutish, Qalbimga yozilgan har bir so’zingiz. Har nega vaqt davo etsa ham,lekin, Yillar ham yuvolmas qalbdan izingiz. Ko'ngil... Bugun ham yurakni qiynar muhabbat Ikki kuch kurashar bunda beayov. Biri der : men usiz yashashim kerak Biri der:hayotim usiz zim- ziyo. Aslida yuragim yasholmas sizsiz, Tirikdir u sizning yodingiz bilan. Sizsiz yashamoqqa hohishim emas Hayot majbur etsa,ayting ne qilay? Siz-la qurgim kelar uzoq suhbatlar Uzun- uzun hatlar bitgim keladi. Ammo oramizda uzoqdir yo’llar Uzun armonlarim Tangrim biladi. Hayot yo’li boshqa bo’lsa ham hatto, Ko’ngil yo’li boshqa ekan, voajab. Ko’ngil amrin har dam etolmay ado, Inson yashar ba’zan baxtidan ajrab. Tushunolmay qoldim,o’zimga o’zim, Nimani kutaman ,o’zim bilmayman. Goho sizni eslab ,entiksam, goho, Sizsizlikdan to’yib-to’yib yig’layman. Umrbod shu sevgim bilan yashashni Qanchalar hoxlashim bilsangiz edi. Lek ,sevgi-talpinish bo’lsa ,besamar Talpinishning, ayting,foydasi nedir?
|