Статистика |
XOZIR SAYTDA 3 MEXMON 3 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Сентябрь » 23 » Muhabbat!
|
Ko'rgan kunim sarob bo'ladi, O'tgan kunim harob bo'ladi. Ichgan suvim sharob bo'ladi, Gunoh bo'lsa seni sevganim. Ko'zim kulib ko'nglim yig'laydi, Bag'rim ezib orom tig'laydi. Yuragimga qil ham sig'maydi, Gunoh bo'lsa seni sevganim. Bo'lsa masixlar kuni agarda, Ko'tarilsa g'iborlik parda. Qarama deb qilmagin zarda, Gunoh bo'lsa seni sevganim. Hazon bo'lar ochilgan gullar, Ishq bog'ida tutashmas yo'llar. Kuylab navo qilmas bulbullar, Gunoh bo'lsa seni sevganim. Muhabbatni ko'zi ko'r bo'lur, Hijronla g'ami zo'r bo'lur. Bu peshonam o'zi sho'r bo'lur, ................................................................... Bog'imga qaytganda sabolar, Qaytadan yaraldi navolar. Shabnamga to'yganda havolar Muhabbat ortiga qaytmadi, Qayerda qolganin aytmadi... Kelganda g'uncha deb uzmadim Yurakning zulfinin buzmadim Muhabbat ekanin sezmadim Adashdim. Ketdi-yu, qaytmadi... Sevgilim ekanin aytmadi... Zor bo'lib kutganim yetmasdan O'zgaga parvo ham etmasdan Ortidan ergashib ketmasdan Qolgandim. U esa qaytmadi... "Yur birga ketdik" - deb aytmadi... Ajib so'qmoqlarda qoqindi yurak Muhabbat bog'ida yolg'onchi tilak Bo'lganda men emas, u menga kerak Muhabbat ortiga qaytmadi. Qaytsa ham, manzilin aytmadi... Azimga aylandi nozik bo'y nihol: Bir umr xijronda to'lg'onib behol, Bo'lganda dilpora yetishmay visol Muhabbat ortiga qaytmadi... Ortiga qaytmasin aytmadi... .................................................................. Yurmasang xam yonimda, xayolimda bo`lib tur. Bo`lmasang xam yonimda, yuragimda bo`lib tur. Sog`inganda yuragim, bardoshingdan berib tur. Bittagina o`tinchim, xar soniya eslab tur. ................................................................................... Xijron azobidan yuragim toshsa, Jo’shqin hayot meni xar yonga otsa. Taskin berar faqat bir narsa, Siz bilan gaplashsam faqat bir lahza. .....................................................................................
|
Категория: SEVGI |
Просмотров: 1062 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|