«Kompyuterdan SMS/MMS yuborish» xizmati yordamida kompyuterdan SMS va MMS yuborish imkoniyatlari kengaydi
O’zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O’zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho’ba korxonasi yangi «Kompyuterdan SMS/MMS yuborish» xizmati ishga tushirilganini ma’lum qiladi. Ushbu xizmat kompyuterdan Internet orqali mobil telefonga matnli va multimediyaviy xabarlarni yuborish uchun qulaydir.
«Kompyuterdan SMS/MMS yuborish» xizmati – bu shaxsiy kompyuterdan yoki noutbukdan mobil telefonga SMS va MMS-xabarlarni qulay va tez yuborishga mo’ljallangan innovatsion xizmatdir. Yangi xizmat Internetga ulangan kompyuterdan mobil telefonga xabarlar yuboruvchi foydalanuvchiga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
* Kompyuter klaviaturalaridan foydalanib, matnni tez va qulay yuborish; * Windows yoki brauzerlar kontekst menyusi yordamida multimedia yuborish; * Bitta xabarda turli multimedia fayllarni (foto, video va musiqa) yuborish imkoniyati; * Bir vaqtning o’zida bir qancha abonentlar yoki guruhlarga xabarlar yuborish (Windows manzillar daftarchasidan); * Xabarlar yuborishni rejalashtirish – xabarlar yuborish jadvalini tuzish; * Pochta dasturlari va Internet-brauzerlaridan xabarlar yuborish; * Bitta telefon raqami bilan turli kompyuterlarga (masalan, uydagi yoki ishdagi kompyuterga) dastur o’rnatish imkoniyati; * Xabarlar yetkazilgani haqida xabar olish; * Yuborilayotgan katta hajmdagi fayllarni avtomatik kamaytirish.
Ushbu servisdan foydalanish uchun MTS-O’zbekiston abonentlari MTSning USHBU JOYDAN KO`CHIRIB OLISH «Kompyuterdan SMS/MMS yuborish» bepul ilovasini ko’chirib olishlari, ilovani o’rnatishni ishga tushirib, uni o’z kompyuterlariga o’rnatishlari, so’ngra ilova ko’rsatmalariga rioya qilib, dasturni aktivlashtirishlari kerak. Ilova pochta dasturlari va Internet-brauzerlariga o’rnatiladi. Foydalanuvchi qaydnomasi yaratilganidan keyin «Kompyuterdan SMS/MMS yuborish» servisi ishlashga tayyor.
Qabul qiluvchi abonentga xabarlar xuddi telefondan yuborilgandek ko’rinadi. Javob xabarlari xizmat foydalanuvchisining mobil telefoniga keladi.
|