Главная » 2011»Март»22 » Monolog yigitning qizga atalgan dil so'zlari
17:28
Monolog yigitning qizga atalgan dil so'zlari
Salom mening uzoqdagi yaqinim, sirdoshim, qalbimning qaynoq ifori, ko`nglim osmonining yorqin yulduzi.Mana bugungi kun.Bugun yana har doimgidek sog`inchli ko`zlarim senga talpinmoqda va albatta seni ko`rishga mushtoq.Mana bir necha kundirki yuragim seni sog`inadi.Sening bu dunyoda yo`qligingni eslaganimda qalbimdagi sog`inch oshib-toshib boradi.Mana yana o`sha yo`l va bu yo`l oxirida eski manzil o`sha ma`yus QABRISTON va sening g`amgin ko`zlaring, o`ziga gard yetkazmagan jasading yotgan qabr.Sen qayerda bo`lishingdan qat`i nazar men seni sevib qolaveraman.Meni unutishsa seni eslayman!Hayot mendan yuz o`girsa sening menga nimalarnidir so`zlamoqchi-yu ammo jim boqib turgan suratingga termulaman.Shuningdek meni qanchalik majburlashmasin seni unutmayman.Sen ham meni unutma!!! Chunki bahorda ilk ochilgan binafsha, suvning sharqirashi, daraxt barglarining shivirlashi menga seni eslatadi.Sening noming takrorlaydi go`yo.Agar seni eslagan har soniyam uchun tiyin to`lashsa ham dunyoda mendan boy inson bo`lmas edi.Sendan judo bo`lgan kunimni eslar ekanman bu foniy dunyoga bo`lgan muhabbatim tobora so`nib boraveradi. Yagona tilagim ALLOH TAOLO u dunyoda bizni ayirmasin!!! Mana ushbu jimjitlar saroyidan chiqar ekanman seni yana sog`ina boshlayapman.Yo`q men seni sog`inmayman.Chunki unutilgan kishilarni sog`inishadi.Sen esa har doim mening qalbim qo`ridan o`rin egallab kelgansan va shunday bo`lib qolaverasan.Sen men uchun doimo tiriksan zero sen mening yuragimda yashamoqdasan va o`sha kuch ila men ham tirikman ammo meni kutgin.Kundan-kunga senga yaqinlashyotganligimni sezyapman.Ammo xayrlashishga holim yo`q meni kechir.