Eslash qiyin, yurak zirqiraydi. Aytish og`ir, qalb titraydi. Lekin baribir aytish va eslash kerak. Endigina 25 yoshni qarshilagan Mo`min Oripov ham boshqa insonlar kabi orzu-umidlari bisyor edi. U o`z oldiga juda katta maqsadlarni qo`yib, unga sayin intilmoqda edi. Ammo baxtsiz tasodif uni oramizdan bevaqt yulib oldi. Mo`min. Ismi jismiga monand edi u. Hamisha qo`li ko`ksida kattani ham, kichikni ham 1dek hurmat izzat qilardi. Shuning uchun bo`lsa kerak hamma uni sevardi. U ijro etgan katta-kichik rollari, yurakdan jo`shib kuylagan qo`shiqlari qoldi. U juda qisqa umr ko`rgan bo`lsada hammaga ibrat bo`larli, havas qilsa arzigulik umr ko`rdi.
Kimdir 90-100 yil yashashi mumkin. 1oq ortidan hech qanday iz qoldirmay ketadi. 1ovga yaxshilik ham qilmaydi. Uning vafotidan keyin hech kim eslamaydi ham. Ammo Mo`mindek bag`rikeng, dili pok samimiy o`g`lonlar qisqa umri davomida ham katta-katta ishlarni amalga oshirib, necha-necha insonlarga yaxshilik qilishga ulgurdi. Mo`minning qo`shiqchilik san'atidagi mahorati ham, aktyorlik qobiliyati ham o'ziga xos edi. U ana shu ikki yo`nalishdan borib, halqimizning qalbidan joy ola bildi.
Xonanda vafotidan oldin muxlislari uchun yana bir yangilikka qo`l urgan edi. Ya'ni rejissyorlik sohasiga qadam qo`yib, o`tkir syujetli melodramma janrida «Qalbaki dunyo» nomli filmini yaratdi. Afsuski Mo`min Oripovning o`zi film premyerasini ko`ra olmadi. O`sha mash'um 2009-yil 29-iyun kuni «Bojalar» guruhi avtohalokatga uchraganligi haqidagi shum xabar tarqalganda uning muxlislaridan hech 1i ishonmagan edi. Chunki san'atkorlar haqida bunaqa mish-mishlar ko`p tarqalib turadi. Bu ham mish-mish deb o`ylaganlar yo`q emasdi. Bugun esa, filmni tomosha qilgan insonlar orasida o`sha mash'um voqeani la'natlaganlar ham bo`lsa ne ajab. Nima ham qila olardik endi Mo`min Oripovning 1inchi va oxirgi suratga olgan kinosi, bir necha ijro etgan rollari va qo`shiqlari 1 umrga uni yodga solib turadi.
Aytishlaricha inson vafot etgandan keyin u kapalakka aylanar emish. Go`yo hozir atrofimizda uning ruhi kezib yuribdi-yu, quyidagi misralarni takrorlayotgandek tuyuladi:
Do`stlarimga ayting men aslo o`lganim yo`q, Men ularni tashlab ham ketganim yo'q, Afsuslanmang, men elimning yuragida yashayman, Mard yigitning doimo tilagida yashayman.
Ha, ijodkorlar aslo o`lmaydilar. Ularning muqaddas va tirik xotirasi o`zlari yaratgan qo`shiqlarida, ijro etgan rollarida yashaydi. Otalarning duosida, onalarning allasida, go`daklar kulgusi-yu, to`kin dasturhon atrofidagi gurunglarda mangu yashaydi. Mo`min, sen o`lmagansan. Sen hamisha qalbimizdasan!
|