Bu haqda donolar quyidagi o'gitlarni aytib ketganlar: Dunyo muhabbatini ko'ngildan chiqarish dilga rohat beradi.Dunyoga qiziqish esa g'am va tashvishni ko'paytiradi. *** Haqiqiy boylik mol-dunyoning ko'pligi emas,balki nafsning to'qligidir. *** Dunyo matosiga bo'lgan qullikdan ozod kishigina haqiqiy hur,ozod kishidir. *** Kimki Allohdan so'ramasa ham unga mol-dunyo ato qilinsa,uni olaversin.Zero bu Allohning unga yetkazgan rizqu nasibasidir.(hadisdan) *** Alloh taolo taqsimlab bergan narsalariga rozi bo'ling,shukr qiling,shunda kishilarning boyrog'i bo'lasiz. (hadisdan) *** Alloh taolo senga molu davlat bergan bo'lsa,u ko'rinib tursin: chunki u o'zining bergan ne'mati bandasida chiroyli bo'lib ko'rinib turishini yaxshi ko'radi,faqirlikni va o'zini faqir ko'rsatishni yomon ko'radi.(hadisdan) *** "Bilib qo'yingizki,albatta,mol-mulklaringiz va farzandlaringiz fitna (gunoh,azob va mashaqqat manbai)dir.Yolg'iz Allohning huzurida (esa) ulkan mukofot (bordir)"("Anfol"surasi 28-oyat).
|