Dunyoda har soniya yangi kashfiyotlar bo'lmoqda. Xozirda biz ishlatayotgan narsalar ham kim tomondandir ixtiro qilingan. Siz bu haqida ma'lumotga ega emasmisiz? Bizning ermagimiz internet tarmog'ini 1977 yil AQSHlik Vinton Serf kashf qilgan ekan. U AQSH xafvsizlik xizmatida ishlagan.
Hammamizga kerak bo'ladigan kompyuterlarning elektron nusxasi ixtirochilari AQSHlik Jon
Ekkert va Jon Moukli hisoblanadi. Ular ixtironi 1946 yil qilishgan.
Qizaloqlarning sevimli o'yinchog'i BARBI qo'g'irchoqlarini 1958 yili AQSHlik Rut Xandler yaratgan
Tarnsportlardan:
Metro - 1862 yil Angliya; Tramvay - 1879 yil Germaniya; Trolleybus - 1881 yil Germaniyada ilk bor ishga tushgan
Kompyuterni sichqonchasiz tasavvur qilolmaymiz. Uni ixtirochisi Duglas Engelbart. 1968 yili bu ixtiro qilingan.
Telefon esa 1876 yili asli Shotlandiyalik AQSH fuqorosi Aleksandr Bell tomonidan yaratilgan.
Hammamiz gazeta jurnallarda krossvord yechishni yoqtiramiz. Ilk krossvordni esa 1890 yili Italiyalik Dje Airoldi yaratgan
Ilk kino ovozsiz bo'lganidan xabaringiz bor. Ular faqat tasvirdan iborat bo'lgan. Birinchi ovozli kino esa 1900 yil Fransuz Leon Goman tomonidan yaratilgan.
Hammamiz aniq vaqtni bilishni xoxlaymiz. Biz ishlatadigan elektron soatlar 1930 yil Penvud Numekron tomonidan yaratilgan ekan.
Modalar bozorida jinsi kiyimlar ko'p uchrab turadi. Ilk jinsini 1874 yil AQShlik Levi Strauss va Yakov Devis ixtiro qilgan. Xayolizga darrov LEVI'S firmasi keldimi? Haqiqatdan aynan mana shu firma xozir ham jinsi ishlab chiqarishda birinchi o'rinda turadi.
Xozir sizning qo'lingizda nima bor? Albatta mobil telefonda! Ilk Mobil telefonni 1940 yil AQShning "Bell telefon laboratories" komponiyasi yaratgan ekan.
Yoshligimizda va hatto xozir ham mazza qilib sayr qiladigan vilosipedni 1839 yil Shotlandiyalik Kirkpatrik Makmillan yaratgan. U bu qilgan ishi uchun ruhoniylar tomonidan tanqidga uchrab 1 hafta qamoqqa ham tushib chiqqan.
Nusxa ko'chirishimizga yordam beradigan Kserokopiyani 1938 yil AQShlik Chester Karlson yaratgan ekan.
Masofadan boshqarish qurilmasi(pult) 1950 yil AQShning "Zebit electronic corparation" kompaniyasi tomonidan ilk bor ishlab chiqilgan
Hayotimizning go'zal lahzalarini saqlab qoluvchi videokamera 1981 yil Yaponiyaning "SONY" kompaniyasi tomonidan sotuvga chiqarilgan.
Soqol olishda ishlatiladigan xavfsiz britva 1901 yil AQShlik savdogar King Kemp Jillet tomonidan ixtiro qilingan. Xozir Gillet kompaniyasini kim bilmaydi deysiz?
|