Mutaxassislar mobil
telefonni bejiz tamakiga qiyoslamagan. Yaqin-yaqingacha inson
salomatligiga jiddiy zarar yetkazadigan "zahri qotil”ni
iste’mol qilish, ayniqsa, yoshlar orasida urf bo‘lgan
bo‘lsa, asta-sekin uning safiga uyali aloqa vositasi ham
qo‘shildi. Bu noyob kashfiyot xususida ko‘p yozildi. Masofa
tanlamas simsiz aloqaning afzallik tomonlaridan tortib, yosh bolalar
tarbiyasiga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirigacha bo‘lgan
jihatlar ommaviy axborot vositalarining nigohidan chetda qolgani
yo‘q.
XXI
asr shubhasiz, texnika asri. Inson aql-zakovatining mahsuli —
mobilь telefoni dunyo yuzini ko‘rdi. Garchand u bundan taxminan
yigirma yil ilgari ixtiro qilingan bo‘lsa-da, ayni rivojlangan
davri asosan yangi yuz yillikka to‘g‘ri keldi. Endilikda
butun dunyoda kechayotgan mobillashtirish jarayonidan holi mamlakat
qolmadi hisob.
Ilgari uning asosiy vazifasi muloqat vositasi deya
hisoblangan bo‘lsa, bora-bora yangi imkoniyatlarga eshik ochildi.
Natijada uyali aloqaga bo‘lgan munosabat o‘zgardi.
So‘nggi paytlarda u go‘yoki biror shov-shuvli voqeani bir
zumda hamma yoqqa tarqatuvchi moslamaga aylangandek. Ba’zan ayrim
ota-onalar yoki yoshi ulug‘lardan eshitib qolamiz: "...shu
telefon chiqdi-yu, balo bo‘ldi, bolalarning tarbiyasi buzildi.
Ichiga har narsani yozib yurishadi”. To‘g‘ri, bu
qurilma yosh bola ma’naviyatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatishi, uni dangasa qilib qo‘yishi aniq. Lekin bu
bilan taraqqiyot mevasini "ayblash”
to‘g‘rimikan? Aslida buning haqiqiy aybdori o‘zimiz
emasmi? Aslida uning yaxshi va yomon jihatlarini aniqlashda insonning
o‘ziga bog‘liq bo‘lgan va bo‘lmagan omillar
mavjud. Birinchidan, bu yuqorida ta’kidlaganimizdek, uning
vazifalari bilan belgilanadi.
Shuni aytish kerakki, har bir davlatda uyali
aloqaga bo‘lgan munosabat turlicha. Masalan, hozir AQShdagi
telefonga bo‘lgan munosabatdan o‘rnak olish mumkin. Chunki
bu yerda shu sohaga daxldor qonun ham qabul qilingan. Masalan, jamoat
joylarida telefonda baland ovozda gapirish, musiqa eshitish
qat’iyan man qilinadi. Bu yerda yoshlar "SMS”
xizmatidan deyarli foydalanmaydi. Aholining aksariyat qismi uchun
mobilь telefoni internetdan foydalanish hamda kundalik yangiliklardan
boxabar bo‘lish vazifasini o‘taydi.
Endi mobilь telefonning elektromagnit maydon
ta’siri, ya’ni telefonda ko‘p gaplashish salomatlikka
qanchalar jiddiy zarar yetkazishi mumkinligi xususida. Buni malakali
shifokorlar har doim ta’kidlab keladi.
Uyali aloqaning eng katta xavfi bu — sizda
unga nisbatan mutelikning paydo bo‘lishi. Bu bir necha xil
ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Masalan, agar yoningizda
telefon bo‘lmasa, ba’zan o‘zini yolg‘iz his
qilish, xavotirlanish, ayrim hollarda esa vasvasaga tushib qolishi ham
mumkin. YOki yaqin kishingiz qo‘l telefonini tashlab ketsa yoki
unutsa, undan xavotirga tushishingizga bahona topiladi. Shuningdek
"SMS”bozlik xususida. Odam tabiati shundayki, u agar
telefon qilish imkoniyati bo‘lsa ham nuqul "SMS”
— xabarga mukkasidan ketadi. YAna bir qaramlik — bu
axborotga bo‘lgan ehtiyoj. YA’ni telefon sohibi doim
kimdandir qo‘ng‘iroq bo‘lishini kutadi. Telefonini
qo‘liga olib biror muhim axborotni o‘tkazib
yubormadimmikan, deya hadeb ko‘z tashlayveradi.
Bundan tashqari, telefon rusumi bilan
bog‘liq "odat” ham mavjud. Bunday vaziyatda telefon
egasi yangi rusumdagi apparatni xarid qilishga urinadi. Bu holat
ayniqsa, bolalarda nihoyatda ko‘p uchraydi. Misol uchun Londonda
97 foiz bolaning o‘z shaxsiy telefoni bo‘lib, kuniga
o‘rtacha besh soat mobaynida undan foydalanadi. Shu bois 2001
yildayoq Evropa parlamenti Evropa Ittifoqiga a’zo davlatlar uchun
voyaga yetmagan bolalarning mobilь telefonidan foydalanishini taqiqlash
to‘g‘risida qonun qabul qilgan. Hattoki telefonga
bolalikdan qiziqish uyg‘onmasligi uchun bozorlarda
qo‘g‘irchoq telefonlar bilan savdo qilish ham
qat’iyan man qilindi.
Uyali aloqa vositalari ishlab chiqaruvchilar
taxminiga ko‘ra, kelasi yili jahonda abonentlar soni 2,5
milliardga yetadi. Bu ko‘rsatkich dunyo aholisining uchdan bir
qismi deganidir. Natijada esa psixologlar ta’kidlaganidek, yangi
kasallik — mobilь telefoniga qaramlik avj olib boraveradi.
Xulosa qilib aytsak, mobilь telefoni inson
tafakkuri mahsuli. Demak, uyali aloqa quliga aylanish yoki aylanmaslik
har birimizning o‘zimizga bog‘liq.
|