Uzoq paytlar davomida bu hayratlanarli qurilmalar tsivilizatsiyasi miloddan avvalgi III asrdan I asrgacha davom etgan qadimgi misrliklar tomonidan barpo etilgan deb rasmiy ravishda ta'kidlanib kelinardi. Endilikda esa mazkur nuqtai nazar ko‘plab mutaxassislarda jiddiy shubhalarni uyg‘otmoqda. Negaki, bu katta xarsang toshlar bir-biriga shunchalik mukammal yotqizilganki, ularning orasiga tig‘ ham kirmaydi, eng katta Xeops piramidasining qirralari dunyo tomonlariga to‘g‘rilab 0,1 foiz aniqlik bilan qurilgan. Tadqiqotchilar fikricha, oddiy insonlarning bunchalik aniqlik bilan inshootlarni qurishiga ishonish qiyin. Shuning uchun hozirda ilgari surilayotgan ilmiy farazlarning biriga ko‘ra, piramidalar Yer yuzida 8-10 ming yil oldingi yuqori darajada taraqqiy etgan tsivilizatsiya davrida qad ko‘targan. E'tiborlisi, farazlarga ko‘ra, o‘sha davrda Misr sahrosi iqlimi nam tropik o‘lka bo‘lgan va mazkur hududda yomg‘ir juda ko‘p yoqqan. Yuqoridagi taxmin olimlarning sinchkovliklari tufayli vujudga kelgan: ular Buyuk sfinksda odatda sharros yomg‘irlar natijasida yuzaga keladigan vertikal yemirilish holati (eroziya)ni payqashgan, shamol va qum ta'sirida esa gorizontal nurash kuzatiladi. Yuqoridagi nazariy farazni dalillovchi yana bir muhim jihat bor: piramidalar vodiysining kosmosdagi fotosuratida tadqiqotchilar ikkinchi sfinksning sirtqi ko‘rinishini aniqlashga muvaffaq bo‘ldilar - u birinchisining ro‘parasida qad rostlagan bo‘lib, butunlay tuproq ostida qolgan. Mutaxassislar zodagon ayol siymosini o‘zida ifodalagan deya taxmin qilinayotgan ushbu qurilish namunasi uzoq o‘tmishda qulagan bo‘lishi kerak. Taxminlarga qazish ishlari yakunlanganidan so‘ng aniqlik kiritiladi deyiladi astrolab.su saytida.
|