Top-listga 11 nafar aktrisa, qo‘shiqchi va modellar kiritildi. Ular orasida Madonna eng so‘nggi pog‘onada joylashdi.
Reyting o‘nta punktdan iborat bo‘lsa-da, unga 11 ayol kirdi. Gap shundaki, ikkinchi o‘rinni egizak opa-singillar Meri-Keyt va Eshli Olsen bo‘lib olishdi.
Ro‘yxat tuzishda hech qanday metodologiydan foydalanilmadi. Bunda jurnal tahririyatining shaxsiy fikrlari mezon qilib olindi. Biroq mualliflar ushbu ayollar aynan qanday sabablarga ko‘ra reytingga kiritilganiga izoh berib o‘tishdi.
Masalan, ularning fikricha, Mishel Obama xalqqa yaqin, sodda va ommabop kiyim markalariga muxlislik qiladi. Ular AQShning birinchi xonimiga yarashib turadi.
Madonna esa tantanali marosimlarda o‘z liboslari bilan hayratlantira olish qobiliyati uchun ro‘yxatdan o‘rin oldi.
To‘liq ro‘yxat esa quyidagicha:
Mishel Obama
Meri-Keyt va Eshli Olsen
Keyt Bosuort
Emma Stoun
Dri Xeminguey
Sara Jessika Parker
Gvinet Peltrou
Erin Uosson
Solanj Noulz
Madonna