Shahardagi talaba o‘g‘lini ko‘rishga qishloqdan kelgan boboning deganlari...
G‘oyat ko‘rkam bu shaharda go‘zal qizlar ko‘p muncha? Sariq, malla boshlilarni unutmasman o‘lguncha.
"Chavo-chavo” deb biriga men o‘zbekcha so‘z qotdim, U o‘zbekcha gapirganda, o‘zimni-da yo‘qotdim.
Saqich chaynab, "achka” taqqan kalta sochli go‘zallar "Mo‘da”larni quvib-quvib, bir-biridan o‘zarlar.
Ular kiygan yarim ko‘ylak ikki cheti so‘kilgan, Ko‘zi tushgan yigit borki, "o-oh” urgancha o‘kirgan.
Nima, ulim, bu shaharda igna minan jip jo‘qma? Yirtiq kiyim ko‘rgan kulmas, ko‘ngil shunga yo to‘qma?
Endi aynam, safar qarib, men qishloqqa qaytaman, Lekin ketar chog‘im senga bitta gapni aytaman:
Yaxshiyamki, apkemapman qari-qaysar enangdi, "Jirtiq yupka apper” derdi, ko‘rar eding kinangdi.
Yupkasiyam boshdan qolsin, kiysa, ko‘ngli to‘lardi, Lekin "shortik kiying siz” deb, menga balo bo‘lardi...
She'rni kim yozganligini bilmayman, ammo zo'r yozibdi .
|