CHORSHANBA, 2025.12.10, 18:59
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SEVGANIZ BORMI?
XAMMA JAVOBLAR: 2289

Статистика

XOZIR SAYTDA 3
MEXMON 3
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Ноябрь » 29 » Millionlarga ishonmang!
07:20
Millionlarga ishonmang!

Elektron pochtangizni tekshirasiz. Sizga xat kelibdi. Yo'q, spam ekan. O'chirishga chog'lanasizu, beixtiyor o'sha spamga qo'yilgan sarlavhalar e'tiboringizni tortadi. Ingliz tilida «Tabriklayman, siz yutdingiz!», «Pul yutug'ingizni oling!», «Mana sizga millionlar!», «Siz lotoreya g'olibisiz!», «Bu juda muhim!», «Eng yaxshi biznes-taklif» so'zlari katta harflar bilan yozilgan. Iye, bunisi qanday bo'ldi, qachon, nimada g'olib bo'libman, deb xatni ochasiz. Xabar qisqa. «Sizning e-mail adresingiz lotoreyada g'olib bo'ldi. Pulni olish uchun, ism-familiyangiz, yoshingiz, mamlakatingizni javob sifatida yozib yuboring». Ishonmaysiz. Yutib olgan pulingiz hajmi ham ishonmaydigan darajada bo'ladi. Uzun sondan keyin dollar, yevro, funt sterling belgisi. (masalan 15.000.000 $) Nima karomat ko'rsatdimki, bu pullarni yutib olaman, deysiz. Yana «orqaga» tugmasini bosishga, xatni o'chirishga chog'lanasiz. «Shoshma, mendan nima ketdi — deysiz shu payt — so'ragan shu ikki-uchta ma'lumotni yozib yuborsam bo'ldiku, qani ko'raylik-chi nima bo'larkin?».
Bir necha soat, uzog'i bilan ertasiga yana o'sha manzildan maktub keladi. Endi uch-to'rtta so'z emas, uzundan uzoq yozma nutq. Avvali jo'shqin tabriklar, o'rtasi o'zini tanishtirish (davlat xodimi, o'qimishli, muomalali inson ekanligiga amin bo'lasiz), so'ngida esa tushuntirish — bir necha yil oldin mazkur bank mijozlaridan biri aviahalokatda oilasi bilan birga halok bo'lgan, uning hisobidagi pulni hech kim talab qilmagan, shundan so'ng bank uni dunyo bo'ylab lotoreya o'yini orqali tarqatishga qaror qilgan. Pulning ma'lum foizi hamkorga (sizga xat yozgan insonga) qoladi. Sizni yana bir bor tabriklab, bu ishda muvaffaqiyat qozonmaguncha, hech kimga hech narsa aytmasligingizni tayinlashadi. Endi sizdan oldingisidan ko'proq ma'lumot talab etiladi: ish-o'qish joyingiz, diningiz, millatingiz, manzilingiz, bankdagi hisob raqamingiz (millionlarni o'tkazish uchun). Sizga ularning muomala madaniyati yuqadi, minnatdorchilik bildirib, aytganlarini yozib yuborasiz. Bankda hisobingiz bo'lmasa, ochdirasiz. Axir millionlarga osonlikcha erishish uchun bu ish bo'ptimi?

Bu orada ular bilan madaniyatli suhbatingiz davom etadi, har kuni xat almashasiz. Erkak kishi bo'lsangiz «uka», ayol kisihlarga «singlim» deb murojaat qilib, o'zlari haqida siz so'ramagan shaxsiy ma'lumotlarni ham berishga harakat qiladilar. «Chet el baribir chet el-da — deb o'ylaysiz siz — mana odob-axloq, mana muomala!» Hamkoringizdan tashqari yana 2-3 ta joydan shu mavzuda xat olasiz. Biri asosiy bank ofisi, biri advokatura. Ularning ham yozganlari rasmiy uslubda, xatlarida shtamp, muhr bor. Bir necha hujjatlar yuboradilar, ularda ham hammasi joyida: imzo, muhr. Hujjatlarning biriga «sertifikat» deb izoh beradilar, hali bunaqa sertifikatdan 3 ta bor, ularni esa sotib olish kerak… Mana, hammasi endi boshlandi! Yo'q, yo'q, aslida boshlanadigan narsa ancha oldin — siz o'sha birinchi xatni ochganingizdayaoq boshlanib bo'lgan edi. Xullas, siz sertifikatlarni sotib olishingiz kerak. Endi ko'rsatilayotgan raqamlar oldingisidan — sizning lotoreyadagi yutug'ingizdan kamroq — bir necha ming dollar. Aytaylik, yutug'ingiz 15 million dollar bo'lsa, to'lovingiz 3 ming dollar. Ular buni albatta pisanda qilishadi. «Shuni bizga yuborsangiz bo'ldi, 24 soat ichida bank hisobingiz to'ldiriladi». Xafsalangiz pir bo'ladi. «Hali pul ham beramanmi?» Tezda «javob» tugmasi tomon yo'nalasiz. Balki hamyoningizda ular so'ragan puldan ko'pi ham bordir, lekin hozirgi javobingiz bitta: «Menda buncha pul yo'q».

Javob keldi. «Bu sizning oltinga teng imkoniyatingiz, qo'ldan boy bermaslikni maslahat bergan bo'lardim. Axir bu yutuq sizniki, faqat sizniki-ku! Men sizning hamkoringizman. Muammoingizni men bilan bo'lishing, ayting, qanchasini to'lay olasiz? Sizga yordamlashaman. Unutmang, sertifikatlarni sotib olmasdan turib, millionlaringizga egalik qilolmaysiz». Uning shirin muomalasi ham yoqmay qoladi, lekin odob saqlaysiz. Pulni to'lolmayman, bu ishlarni tugatishga roziman, mazmunida javob yozasiz. Hamkor do'stingiz sizga muvaffaqaiyat sog'inadi, pochtangizni xatlarga to'ldirib tashlaydi. «Loaqal yarmini to'lang, men siz uchun hammasini to'lab turgan bo'lardim, lekin hozir iqtisodiy qiyin ahvoldaman. Onam kasal, operatsiya stolida yotibdi, qancha umr ko'rishi mening g'amxo'rlik qilishimga bog'liq, ammo men bor pulimni ishlatsam ham yetmayapti». U yog'i eng ta'sirchan hind filmlarida ham topilmaydigan gaplar. Maktub ham har doimgidek «sening akang Falonchi» bilan emas, «Men yalingan holda oyoqlaring ostidaman» deb yakunlanadi. Unga achinasiz. Keyingi maktubingizda ko'nglini ko'tarib, agar ilojingiz bo'lganida hamma pulni yuborishingiz, ikkalangizga ham muvaffaqiyat istashingiz, lekin ular so'rayotgani juda ko'pligini yozasiz. Do'stingiz hanuz siz bilan birga. Qarz olishingizni maslahat beradi, axir yutuq miqdori ko'p, keyin o'n baravar qilib ham qaytara olasiz. «Qo'lingdan kelganicha top, imkoning borini jo'nataver, biz uddalaymiz.» deb yozadi maktublarining birida. Bu siz uchun yangilik. «Xohlagan miqdorimni?» Bir necha marotaba so'rab aniqlashtirib olasiz. «Ha, xohlaganingizcha, kuchingiz yetsa yarmini, bo'lmasa choragini jo'nating. Madomiki, qurbingiz yetmas ekan, boshqa so'ramaymiz, tezda hisobingizga lotoreya pulini o'tkazib beramiz» — do'stingizning javobi. Siz ikkilanasiz. Bu qanaqasi bo'ldi, hammasini to'lasam ham, kamini to'lasam ham farqi yo'qmi? Bu yerda bir gap bor. Do'stingizning jahli chiqadi, nafsoniyatiga tegdingiz, axir nega undan shubhalanasiz? Bu halol ish. Siz qo'lingizdagi pulni jo'nating, bo'ldi, bu yog'idan tashvish tortmang. Uzr so'raysiz.

Pulni ‘Western Union« orqali yetkazadigan bo'ldingiz. Lekin hamkor do'stingizga emas, to'g'ridan to'g'ri bankka. Pul qabul qilishda kerak bo'ladigan ma'lumotni ham bankdagi xodimning pochtasiga xat yozib bildirasiz. Javob keldi. „Pulingizni oldik, ish yuzasidan hamkorligingizni qadrlaymiz. Tez orada muvaffaqiyatimizni nishonlaymiz. Ammo bu miqdor bilan sertifikatlarni sotib olib bo'lmaydi. Tez orada to'ldirib qo'yishingizni kutamiz". Siz pinagingizni buzmaysiz, „Hozir do'stimga yozaman, u biladi bor-yo'q pulimni, qarz-havola qilib jo'natganimni, o'zi so'z bergan qancha jo'natsangiz yetadi deb. Bu ham ozmuncha bo'ptimi?" deb o'ylaysiz. Buni do'stingizga bildirganingizda esa u yana chiroyli qilib „Bank shunday degan bo'lsa, hech narsa qilolmayman. Harakat qil, yana ozgina jo'nat. Omadga erishishimizga yaqin qoldi, hammasini barbod qilma" deydi. Endi jahlingiz chiqadi. „Yana jo'natamanmi? Qayerdan topaman pulni?" Ular esa sizni ruhlantirish bilan band, tez orada millioner bo'lish, bunga atigi bir bahya qolganidan so'zlashadi. Boshingiz qotgan, o'sha va'da qilingan millionlar ham ko'zingizga yomon ko'rinib ketadi. Voz kechay, desangiz, yaqinlaringizga aytib qo'ygansiz, uyalasiz ular oldida. Voz kechmay desangiz, yana qayerdan pul topasiz? Topasiz! Pul topishning turli yo'llari bor, ular sizga o'tkichi tuyiladi, millionlar kutyapti axir. Jo'natasiz. Javob: „Yetmaydi, yana". Jo'natasiz. „Yana". Siz bo'lg'usi millonerga emas, sog'in sigirga aylanib qolgandeksiz. Hammasi bo'lmasa ham mayli, degandiku, bu nimasi endi? Charchadingiz. Yana kompyuter qarshisida ularga murojaat qilasiz. (muloyim so'zlardan ham charchagansiz) „Bo'ldi, boshqa bir tiyin ham berolmayman. Men u millionlardan voz kechdim. Kerak emas. Lotoreya yutug'im talab qilinmagan hisoblana qolsin. O'zimni pullarimni jo'nating". Javob: „Qanaqa pul? Biz ularni administrativ ishlar, bank hizmati, soliqlar uchun sarflaganmiz. Siz uchun optimal variant qolgan pulni jo'natish va yutug'ingizga egalik qilish, boshqacha maslahat ham, yordam ham berolmaymiz". Nima qildingiz endi? Ko'zingizga millionlar emas, o'zingiz topgan minglar ko'rina boshlaydi. Ular millionlardan o'n chandon azizroq ko'rinadi. Endi o'rin almashindingiz: do'stingiz emas, siz do'stingizni pochtasini xatlarga to'ldirib tashlaysiz. Javob yuqoridagidek, faqat har gal har xil shaklda yoziladi xolos. Shunda siz aldanganingizni sezasiz, to'g'rirog'i tan olasiz. Ular maslahat berganidek oldinga intilishga pulingiz, orqaga esa yo'lingiz yo'q…

Durdona Alimova
Wikipedia va fraudwatchers.com ma’lumotlari asosida tayyorlandi.


Просмотров: 969 | Добавил: JAVOXIR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    «  Ноябрь 2009  »
    Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
          1
    2345678
    9101112131415
    16171819202122
    23242526272829
    30
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz