Afg‘onistonda Lionel Messining futbolkasini polietilen paketdan yasab, kiyib olgan bola topildi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
O‘zi afg‘onistonlik bo‘lgan, ayni paytda Avstraliyada yashaydigan Azim Ahmadiy Murtaza ismli besh yashar jiyani suratlarini e’lon qildi. Ularda paketdan futbolka yasab olgan bolakay aks etgan.
Murtaza Afg‘onistonning qishloq hududida yashaydi, uning otasi Orif Azimga asl fotosuratlarni yubordi.
“U haqiqatan ham futbolni va Messini yaxshi ko‘radi. Men oddiy fermer bo‘lganim uchun unga haqiqiy futbolka sotib olib berolmayman. Shuning uchun bolalar paketdan foydalandi. Murtaza interneti bo‘lgan do‘stlari orqali tanilib ketgani haqida eshitdi”, — dedi Orif.Murtazaning otasi xorijiy mamlakatlar o‘g‘lining o‘z kumiri bilan uchrashishida yordam berishiga umid qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, polietilen paketdan Argentina termasi formasini eslatuvchi futbolka yasab kiyib olgan Daxuk shahrining jajji fuqarosi aks etgan surat turkiyalik ishqibozlar bloglarida paydo bo‘lib, tezlikda butun internetga tarqalib ketdi. Twitter foydalanuvchilari Messining haqiqiy futbolkasini sovg‘a qilish uchun, bolakayni qidirish bo‘yicha kampaniya boshladi. Ushbu fleshmob haqida Lionel Messining o‘zi xabar topdi va bolaga yordam berish istagini bildirdi.
Avvalroq qirg‘izistonliklar Messi izlayotgan bola qirg‘iz ekanligini da’vo qilgan edi.
|