Статистика |
XOZIR SAYTDA 1 MEXMON 1 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2010 » Июнь » 9 » Meni Sevma...!
|
Meni sevma ...! Necha yigit ko‘z yosh to‘kar firoqingda, Senga oshiq insonni sev, meni sevma. Ko ‘rinadi olam go‘zal qarog‘ingda, Ko‘rkam, obod jahonni sev, meni sevma. Mehr ko‘rmay o‘sganlardan kutma mehr, Tashna labga tutar og‘u, berur qahr. Boshing silar biror inson topilmasdir, Ko ‘pdan mehr olganni sev, meni sevma. Yetti do‘zax sig‘dirolmas gunohim bor, Yetti osmon toqat qilmas ming ohim bor. Ko ‘nglimda bir buyuk yorim – Ollohim bor, Qodir Egam – Rahmonni sev, meni sevma. Xor tuproqman, ezib o‘tgin, boshing qo‘yma, Osmonni sev, oy-kunni sev, meni suyma. Bir gumroh deb chekma azob, sira kuyma, Sevdirolsa Javlonni sev, meni sevma...!Javlon Abdullo
|
Категория: SHERIYAT |
Просмотров: 1051 |
Добавил: R-MADRID
| Рейтинг: 4.5/2 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|