Sevimli Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, Safo tepaligiga chiqdilar va ulkan qoya ustidan turib: — Ey Abdul Muttalib o'g'illari, ey Fihra o'g'illari, ey Zuhra o'g'illari, — deya qabila uluHlarini ismlari bilan chaqirib barcha qarindoshlarini bir joyga to‘pladilar va ularga shunday xitob qildilar: — Ey Quraysh jamoasi! Men sizga shu tog'ning etagida dushman otliqlari bor! Hozir ustingizga bostirib keladi. Mollaringizni talaydi, desam, ishonasizmi? Hammalari baravariga: — Ha, ishonamiz. Chunki hozirgacha sendan yolg‘on gap eshitmadik, —dedilar. — Unday bo‘lsa, eshitinglar: oldingizda shiddatli bir azob kuni borligini, Allohga ishonmaganlar o‘sha kunda buyuk azobga duchor bo‘lishlarining xabarini beraman. Sizni shunday azobdan ogohlantirmoq uchun yuborildim, — deb marhamat qildilar Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam.
|