Dilni ezib aytingiz-a, chayon bo`ldi, Yuragingiz chaqqan bo`lsam qachon bitar? Yaxshi bo`lib yaxshi bo`lib yomon bo`ldim, Men yomonni xali yomon qadrim o`tar... Tafti bo`lak bo`lar ekan ilk bo`saning, Zavqi bo`lak bo`lar ekan dil so`zlarning, Ko`z yoshiga aylanaman shu ko`zlarning. Men yomonni xali yomon qadrim o`tar... Mexr berib tashna bo`ldim mexringizga, Qaynoq-qaynoq quchoq ochdim qaxringizga, Bolish bo`lib botdimmi yor bag`ringizga Men yomonni xali yomon qadrim o`tar... Uyingizdan ketar bo`lsam bilinmasmish, Ko`nglingizdan ketar bo`lsam ko`rinmasmish, Muxabbatning qoidasi yo`q bo`larmish men yomonni xali yomon qadrim o`tar... Shamning kuygan kipriklari uzun-uzun, Mensiz o`tkan yillar bo`lar tundan uzun, O`ch olishday niyatim yo`q bular uchun Men yomonni xali yomon qadrim o`tar... Tikonlardan bezdingizmi gul uzolmay Dard tashida devonasiz dil uzolmay, Yorilasiz yolg`izlikka ko`nikolmay Men yomonni xali yomon qadrim o`tar... Sanardingiz yuzimdagi xolchalarni Ilingandim labimdagi bolchalarni, Yeng debmidim gilos qolib olchalarni? Men yomonni xali yomon qadrim o`tar... Suratimga so`zlayvermang chiqmaydi sas, Chidolmasdan ishq axliga qilmangiz arz. Sevmoq sunnat sevilmoqni deydilar farz, Men yomonni xali yomon qadrim o`tar... Ket deysiz-u ketmasimdan sog`inasiz Ichib alam tutib qalam sog`inasiz, Men yomonni xali yomon sog`inasiz, men yomonni xali yomon qadrim o`tar... Tosh qattiqmi bosh qattiqmi biling begim Men ketaman Zaynablarga ko`ning begim, Endi meni o`z xolimga qo`ying begim, Men yomonni xali yomon qadrim o`tar...
|