Статистика |
XOZIR SAYTDA 7 MEXMON 7 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2010 » Август » 12 » Men uni yaxshi ko’rardim...
21:01 Men uni yaxshi ko’rardim... |
Bu hikoyat Turkiyalik bir yigit tomonidan aytib berilgan. "Men
uni yaxshi ko’rardim. Iste’dodli, o’z ishiga puxta yigit edi. Kam
gapirardiyu, lekin chertib – chertib gapirardi. Kelishgan edi, churoyli
kiyinardi. Birgina kamchiligi namoz o’qimasdi. Men dinga bo’lgan
layoqatini uyg’otish niyatida namoz haqida ko’p gapirardim unga.
Biroq bir xil sababni ro’kach qilardi menga u: "To’g’ri tushun, men
chiroyli kiyinishni yaxshi ko’raman. Buning ustiga, e’tibor bergan
bo’lsang yashil rangga mehrim bo’lakcha. Yashil shimim bor, uni shu
qadar yaxshi ko’ramanki, xotinimga har kuni dazmollatib ko’chaga
chiqaman. Namoz o’qisam, shimimning dazmoli ketib qolishi mumkin”.
Qiziq bahonaku, lekin men uning shu bahonasini sabab o’rnida
ko’rganman. Chunki har kuni uchratsam, yashil shim va qizil ko’ylagi
unga ancha yarashganini his qilardim. Bir kuni yo’lim tushib
Istambulning katta masjidlaridan biriga kirdim. Ne ajabki mening
tanishim jamoatning oldi qatorida edi. Bir umr shimining dazmoli
buzilishidan cho’chib masjid hatlamagan tanishimni birinchi safda
ko’rib boshida ajablandim, ammo keyin o’zimni bosib uning oldiga
bordim. "Xa! Baribir kelar ekansanku! O’zincha yashil shimingni ro’kach
qilib, meni holu jonimga qo’ymasding. Men seni juda sa’viyali deb
bilsamda, aynan shu bahonangga hayratlanardim. "Qiziq! Sa’viyali bo’la
turib ham odam shunchalik sa’viyasiz bahona topishi mumkinmi? ” degan
savol ich – ichimni tirnardi. Yashil shiming deb bir umr masjidga
kirmay o’tding – a? Lekin men seni bugun shu erda ko’rib turibman.
Baribir kelibsan – a?” U indamasdi. Chunki tanishim yashil matoga o’ralgan tobut ichida indamay yotardi.”
Ha, ushbu hikoyatning zamirida katta hikmat yotadi. O’zini "mo’minman”
deb hisoblagan odam baribir masjidga keladi. Bugun shimlarini dazmoli
emas, balki yuqorida hikoya qilingan yigitning javobidan ham sa’viyali,
ba’zilarning nazdida sabab o’rnida o’tadigan bahonalarni keltirib
masjid hatlamayotgan oyoqlarni bir kunmas bir kun baribir Allohning
uyiga olib kelishadi. Baribir birinchi safda turish bor. Lekin
Allohning nazdida inson insonlar tomonidan emas, balki o’zi ixtiyoriy
ravishda o’z oyog’i bilan masjidga kelsa qadrlidir. Sevgan rangdagi
tobutda yotgunga qadar, Allohning sevgan insonlari to’planadigan
masjidlarga kelib turinglar aziz yurtdoshlar!
|
Категория: FIKR-MULOHAZA |
Просмотров: 991 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 5.0/2 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|