Men talabaman, yangi filmni nomi shunday nomlandi. Barcha talabalarga, talaba bo`lganlarga, talaba bo`lmoqchi bo`lganlarga, talaba bo`la olmaganlarga va talaba bo`lishni xohlamaganlarga filmni ko`rishni tavsiya qilishadi. Filmda Alisher Uzoqov talaba obrazida aks etadi. Kamtarin kamina ushbu filmni premyerasidan avvalroq ko`rishga ulgurdim va shaxsiy va hech kim o`zgartira olmaydigan fikrimdan shuni oldim-ki, film yaxshi chiqqan, albatta o`ta professional darajada bo`lmasa ham lekin dialoglar va ba’zi bir personajlar esda qoladigan darajada.
Professional darajada bo`lmaganligi sababi, filmni barcha ijodkorlari [prodyusserdan tortib operatorlargacha] debyutantlardan iboratdir. Film rejissyori Farruh Egamberdiyevni birinchi ishi bo`lgan "Men talabaman” filmni premyerasi o`tgandan so`ng yangi film suratga olish ishlari boshlanadi. "Men talabaman” ni prodyusseri Murod Niyozovni aytishicha: "Yangi filmimizga iloji boricha yangi chehralarni ko`proq jalb qilamiz”. Uni bunday qarorga kelishiga Alisher Uzoqovning bir-ikkita "qiliq” lari sabab bo`ldi. "Men talabaman” filmi katta ekranlarga keyingi oyning boshlariga chiqishi kuzatilmoqda. Film rejissyori Farrux Egamberdiyevga prodyusser Murod Niyozovga filmdan ko`p-ko`p daromad kelishini tilab qolamiz.