CHORSHANBA, 2025.01.01, 04:22
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SHERLAR.UZ SAYTNINI QAYERDAN BILAS
XAMMA JAVOBLAR: 1195

Статистика

XOZIR SAYTDA 5
MEXMON 5
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Сентябрь » 4 » Men sizni sog’indim!!!...
21:36
Men sizni sog’indim!!!...
Men sizni sog’indim.
Ha, sizni sog’indim! Yaxshiki, qalbimda bosh ko’targan bu tuyg’u muddaosidan hali u qadar bohabar emasman. Ammo uni sevgi huruji deya juda olisdan-da, tan olmoqqa qo’rqaman. Men sizning zuluqdan qop - qora qoshlaringizni, tunni lol qoldiruvchi sochlaringizni, sutga chayilganday oppoq yuzingizni emas, hayo sayqal berib, imon suvida yuvilgan tiniq chehrangizni qumsayotgandayman. Bilasizmi, maysa yaprog’idagi shudringning to’kilishi uchun tong chog’i erkalangan subh sabosining ojiz eskani kifoya. Nazarimda, yuragimni simmillatgan og’riq dardi ham o’sha maysa bargidagi tomchiday omonat va hadikli. Hadiklisi shundaki, uning bag’rida vujudni oziqlantiruvchi ishq niholi nish urmog’i havfi bor.
Ammo bu behosiyat, bemaqsad istakning qad rostlashiga imkon berish dil farog’ati va sokinligiga rahna solish bilan barobardir. Go’zallik hamisha ehtiyojga muhtoj. Sizdagi joziba va nafosat ehtimolki o’z tafakkuriga kuchi yetmaydiganlarni tuyqus qalqitar, haq fikrdan chalg’itar. Komillar esa yuzingizni hijob kabi o’ragan hayo pardasi-yu, imon nurini sezmasligi mumkin emas. Men sizni sog’indim! Siz aslida siz emas. Sizning timsolingiz sizdan-da ofiyatli, sizdan-da ziynatli.
Buni anglamoq osonmas. Buni faqat qalb ko’zi ila ko’rishga qodir insonlar sezurlar. Inchunin, men sizdagi ibo, iffat va beg’uborlikka tashnaman. Tashnalik - sabrni qaqshatuvchi sezgi. Bu sezgining ko’zi ko’r. Unga sarbon kerak, posbon kerak, qanoat kerak. Ammo tashnalik vaqtida qondirilmasa telbalikka aylanur. Telba uchun ikki dunyo bir odim. Yana bilingki, boylikka, amalga, shohlikka tashnalik ortidan ortadigan telbalikdan ishq azobidan keladigan Majnunlik azoblidir, og’riqlidir. Men sizni sog’indim! Sizning beg’ubor yuzingizga boqmoqlik ibodat taftini berayotganday. Ovozingizda ona allasi kabi buyuk taskin zohir.
Nigohingiz bemorni oyoqqa turg’azishga qodir. Siz suhbatdoshga mehr ulashasiz, qalbingizdan sachragan uchqun o’zga qalbni yondirmog’i, adoi-tamom qilmog’i mumkinligini hatto tasavvur ham qilolmaysiz. Chunki, siz shunday yaralgansiz. Nazokatli ayolsiz, ehtimolki, zebigardonlarga ko’nglingiz sust ketar. Shu vajdan oltinu zar do’konlariga kirgandirsiz. Bilasizmi, peshtaxtada ko’zingizni qamashtiruvchi taqinchoqning haridori kam. Nega shunday, nega asl toshlar ostga cho’kib, soxtalari sotilar? Chunki, asl ashyo kamyobdir, kamyob durning asl egasi ham sanoqli. Oltin egasini topsagina qadrlanur. Aks holda sotilib, javonda saqlanishidan ne naf? Bokira ayol ham – qo’l tegmagan javohir kabi sadoqatli yorini uzoq kutishga majbur. Bu yorug’ olamda bitta giyohning, xas – cho’pning ham yaratilishida katta ma’no bor. Agar u keraksiz bo’lsa – yaratilmasdi. Yaratilibdimi, kurrai zaminning qay bir burchagida egasi ham, haridori ham kutib yashayapti. Taqdirida yozilgan-ki, o’z juftini topgay. Qarama – qarshi yo’nalishdagi yo’lovchi yo’ldosh bo’lolmagani kabi, aqlliga aqlsiz, do’stga dushman, donoga nodon yorlikka yaramaydi. Qarang, fikrlar selday yog’iladi, tafakkur tutqich bermaydi, ammo baribir sog’inch olovi pasaymaydi. Men sizni sog’indim. Nega, deb o’ylaysiz chog’i? Koshki bu so’roq javobini o’zim topolsam. Topganim shuki, bir suhbat barobarida maqomingizni angladim. Odamlar yong’oqning po’stiga qarab baholaydilar, mag’zi va mazasini surishtirmaydilar. Yong’oqning po’sti bu shunchaki – sirt, sirtdan hamma narsa chiroyli va diltortar. Diltortar-u, biroq shubhali. Har bir yaltiroq tosh yoqut emas-ku. Har bir yoqimtoy qiz qalbi g’uborsiz deb kim aytadi? Men esa o’z baxtimdanmi va yoki navbatdagi baxtsizligimdanmi sizning siyratingizni uqib oldim. Bu jarayon darhol emas, o’sha suhbatdan so’ng ancha o’tgach, asta – sekin bilindi. Yurak – yurak-da, darrov ko’krak nafasini buzmoqqa chog’landi. Aql – aql-da, yurakka qo’l soldi. Holatimni anglatmoqqa urindi. Dediki, “O’zga bir qalbni fath etishga jur’at etibsan-u, bu charog’on go’shaga musofirlar qo’yilishi yoki qo’yilmasligini nega o’ylab ko’rmading? Nahotki, daydi va aldoqchi hayollar qanotiga minish hatarini bilmading? Osmondagi oyni yoqtiruvchilar kammi yoki o’zing uning jamoliga oshufta emasmisan? Biroq hech qachon uni qo’yningda ko’rmoqni orzulamaysan-ku? Hozirgi holatingni shunga qiyoslayver. O’z holini bilmaganning ahvoliga voy… Yaxshisi, siyohi qurimagan maktubingga chiziq tort, yuragingda uyg’onayotgan sarobiy umidlarni parchala, yerga tush, hayol bilan hayot oralig’ida sargardon yurma, shayx San’on boshiga tushgan savdoni sotib olma, illo sening shayxniki kabi oqil muridlaring yo’q… ” Men sizni sog’indim. Aql tarozusi bilan his – tuyg’uni o’lchab bo’lurmi? Tuyg’ular oddiy loymidi qolipga tushsa. Kim nima desa, deyaversin, menga aql o’rgatmoqchilarni ahmoqqa chiqarurman, ko’ngilni jilovlash mumkin, deguvchilar ustidan handon otib kulurman, esingni yig’, deya dag’dag’a qiluvchilar og’zini yopurman, illo sizni sog’inishdan charchamasman. Qo’lim oyga yetmasligini bilsam – da, sarobga sahovat yo’qligini anglasam – da, orzulardan yasalgan parivashligingizga ishonsam – da, yo’limdan qaytmayman.

Категория: SEVGI | Просмотров: 1839 | Добавил: _SCORPION_ | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz