Статистика |
XOZIR SAYTDA 1 MEXMON 1 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2010 » Июль » 9 » Aslida sevgiga aldangan yurak.
06:20 Aslida sevgiga aldangan yurak. |
Men shoir emasman, bo'lmayman xatto, O'z dardim o'zgaga uzatmoq nechun? She'r demang yozganim, yolg'on satrlar, Bitilgan o'zimni aldamoq uchun. She'rimda muhabbat sha'niga sharaf, Aslida sevgiga aldangan yurak. Orzular og'ushi cho'mgan satrlar Aldaydi, bilaman ushalmas tilak. Adolat, poklikni kuylar qalamim, Yuragim razolat to'lgan siyoxdon. Jannatning hurlarin etaman orzu, Shaytonga qo'l bergan Xazrati Inson. Ishonmang, baytlarim qilsa nasixat, Topsangiz bir ma'no, etingiz inkor. Ne foyda ulardan sizlarga axir Men amal qilmasam ularga zinxor. Men shoir emasman, bo'lmayman xatto Lol bo'lmang to'qisam she'r yoki g'azal. Dardimni quduqqa aytgandan ko'ra Qog'ozga bitmoqni ko'raman afzal.
|
Категория: SHERIYAT |
Просмотров: 2367 |
Добавил: munik77
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|