Bir kun savol berdi yoshgina o'g'lon,
Nechun Allohim deb yig'laysiz nolon. Dedim javobimdan bo'lmagin hayron, Men kimga suyanum Allohdan boshqa. Tinimsiz aldasa muhit, makoning, Tortsa oyog'ingdan do'st-u yoroning. Shunday o'tar bo'lsa har zum har oning Men kimga suyanum Allohdan boshqa Noshukur emasman dunyodan garchand Qandaydir menga ham bor balki dilband Va lekin tiriklay kuydirsa farzand Men kimga suyanum Allohdan boshqa Insof-u ishonch ham shirin so'z bari Tiriklik toshqindir yoki ko'pkari To hayot ekansan qochgaydir nari Men kimga suyanum Allohdan boshqa Shunchalar haj erur dunyoi gardun Unda diyonatni axtarmoq nechun Padar shod o'z o'g'lin bag'rin etsa xun Men kimga suyanum Allohdan boshqa Mingta ko'z poylaydi bitta joningni Joningmas martabang yoki shoningni O't qo'ymay yoqarlar xon-u molingni Men kimga suyanum Allohdan boshqa Bu ko'xna dunyoda yashadim nega Yantoq o't singari bo'ldim dunyoda Malomat qilishar olomon senga Men kimga suyanum Allohdan boshqa Mendan ranjimasin bo'lsa do'st agar Balki ularni ham dilida kadar Hoynahoy mendaylar degay muqarar Men kimga suyanum Allohdan boshqa Umr ham oxirlab bormoqda sekin Endi sarg'aymoqda men ekkan ekin Mayli sen o'zingga suyangil lekin Men kimga suyangum Allohdan boshqa! Vaqt ajratib o'qiganlaring uchun RAXMAT "UzBOLA" Sherlar.uz eng yengilari shu saytda!
|