Kuni kecha musulmonlarning "Iyd Hayit" bayrami arafasida, poytaxtimizning Yunus-obod tumanida joylashgan 31-mehribonlik uyi tarbiyalanuvchi jajji va shirindan-shakar bolajonlar uchun yangi tashkil qilingan "Mehr qolur, muhabbat qolur" hayriya jamg'armasi tomonidan katta hayriya konsert dasturi bo'lib o'tdi.
31-mehribonlik uyida 18 yoshgacha bo'lgan bolajonlar tarbiyalanadi. Ushbu hayriya konsert dasturi bolajonlarga ajoyib sovg'a bo'ldi. Konsert dasturi oldidan, "Mehr qolur, muhabbat qolur" hayriya jamg'armasi barchani bir stolga yig'ib to'kin dasturxon tuzadi. Va albatta yig'ilganlarga o'zining esdalik sovg'alarini taqdim qildi. Hayriya konsert dasturini estradamizning yorqin yulduzlarisiz tasavvur qilish qiyin edi. Jumladan, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Sardor Rahimxon, Alisher Fayz, Shohruhxon, Ulug'bek Rahmatullaev, Oybek va Nigora, Ziyoda, Mustafo va Ja'far o'zlarining diltortar taronalari bilan ishtirok etishdi. Konsert dasturini Oyxon va Jahongir Mirzolar olib borishdi. Konsert kech soat 22:00ga qadar davom etdi. Ushbu kun bolajonlar qalbidan chuqur joy egalladi.
"Mehr qolur, muhabbat qolur" hayriya jamg'armasi haqidagi to'liq ma'lumotlarni tez orada portalimiz orqali bilib olishingiz mumkin.
|