Главная » 2011»Сентябрь»23 » Medvedev Putinga prezidentlikka nomzodini qo‘yishni taklif qildi
11:44
Medvedev Putinga prezidentlikka nomzodini qo‘yishni taklif qildi
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Dmitriy Medvedev 4-dekabr kuni Davlat Dumasiga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda "Yagona Rossiya” partiyasini boshqarishga rozi bo‘ldi hamda u Vladimir Putinga prezidentlik saylovlarida nomzodini qo‘yishni taklif qildi.
"Yagona Rossiya” partiyasining 24-senatbr kungi majlisida Rossiya Federatsiyasi prezidenti va ushbu partiya yetakchisi Vladimir Putin ham 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan Davlat Dumasi uchun saylovlarda partiya ro‘yxatini hozirgi prezident Dmitriy Medvedev boshqarishini taklif qildi.
"So‘nggi yillarda biz shunday tajriba paydo bo‘ldiki, ya’ni "Yagona Rossiya” partiyasining saylovoldi ro‘yxatini prezident boshqaradi. Men ushbu an’anani buzishni xohlamayman… Bu partiyamizning obro‘sini ko‘taradi va kutilayotgan g‘alabani ta’minlaydi”, – dedi Vladimir Putin.
"Bu, shubhasiz, mas’uliyatli va jiddiy taklifdir. Men uni qabul qilaman”, – deya ta’kidladi Dmitriy Medvedev o‘z nutqida. U nima uchun bunday qilayotganligini ham sabablarini keltirib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, partiya amalga oshirayotgan ishlarning barchasi mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlariga mos tushadi. Partiya prezidentga ham ko‘mak berib kelmoqda.
Shunday qilib, 2012-yilgi prezidentlik saylovlarida "Yagona Rossiya” partiyasi nomidan Vladimir Putin o‘z nomzodini qo‘yadigan bo‘ldi. O‘z navbatida, Putin ham hukumat rahbari, ya’ni bosh vazir lavozimiga Dmitriy Medvedevning nomzodligini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Dmitriy Medvedev va Vladimir Putin nutqlarining to‘liq variantini Rossiya Federatsiyasi prezidentining matbuot-xizmati veb-saytidan topishingiz mumkin.