Главная » 2009»Декабрь»12 » МДҲ КУБОГИ ЎТКАЗИЛАДИ ВА “БУНЁДКОР” ҲАМ ҚАТНАШАДИ...
09:31
МДҲ КУБОГИ ЎТКАЗИЛАДИ ВА “БУНЁДКОР” ҲАМ ҚАТНАШАДИ...
So'nggi yillarda MDH kubogiga bo'lgan qiziqish ancha susayib ketdi.
Ushbu musobaqani hattoki Rossiyaning o'zida ham inkor etmoqdalar. Misol
uchun ushbu mamlakat chempionlari ko'p yillardan buyon musobaqaga
o'zlarining o'rinbosarlarini jo'natmoqdalar.
Ukraina
chempionlari ham shunday qilishadi. Xabarlarga qaraganda, yanvarda
bo'lib o'tadigan turnirda Rossiya chempionati sovrindorlari «Rubin»,
«Spartak» va «Zenit» klublari qatnashishni istamayaptilar. Rossiya
futbol itifoqi rahbarlaridan biri Nikita Simonyanning ma'lum
qilishicha, hozirda ushbu klub rahbarlari bilan muzokaralar olib
borilmoqda. Shuningdek, Simonyan joriy yilgi musobaqa oldingi formatda
o'tishini ta'kidladi. Kelgusi yilda esa uning o'tkazilish tartibi
o'zgarishi mumkin ekan. «Ayni vaqtda rostdan ham Rossiya klubi borasida
bizda muammolar bor. Rossiya chempionati sovrindorlari bilan
muzokaralar olib boryapmiz. Ammo hozircha aytishga arzigulik hech
qanday natijaga erishganimiz yo'q. Bu yil hech nima o'zgartirilmaydi.
Lekin keyingi yildan musobaqa formatini o'zgartirishni
rejalashtiryapmiz. Nima qilgan taqdirda ham MDH kubogini saqlab qolish
kerak», - dedi Simonyan. Shu o'rinda aytish joizki,
"qaldirg'ochlar" bosh murabbiy Luiz Skolari taklifiga ko'ra ushbu
turnirda asosiy tarkib qatnashmasa kerak. Ma'lumotlarga ko'ra ushbu
musobaqada "Bunyodkor"ning ikkinchi tarkibi hamda tugagan mavsumni
ijarada boshqa jamoalarda o'tkazgan futbolchilar ishtirok etishi ko'zda
tutilgan, ya'ni rejalashtirilmoqda.