Har kuni do'konga kirganda biz bu yo'l-yo'l
belgilarni maxsulotlar muqovasida ko'ramiz, lekin bu shtrix-kod
belgilar nima ekan deb o'zingizga savol berib ko'rganmisiz? Bu
maslahatda siz shtrix-kod nima xizmat bajarishini va muayyan maxsulot
soxta yoki haqiqiyligini raqamlar orqali bilib olishingiz mumkin.
Kerakli anjomlar
- Shtrix-kodiga ega maxsulot muqovasi;
- Hisob-kitob bo'yicha bilimingiz.
Qadamba qadam qo'llanma
- Maxsulotlardagi yo'l-yo'l chiziqlar tagidagi sonlar orqali maxsulotni ishlab chiqarilgan mamlakatni bilib olsangiz bo'ladi.
Masalan:
Birinchi 3 raqam |
Ishlab chiqaruvchi mamlakat |
478 |
O'zbekiston |
690-695 |
Xitoy |
460-469 |
Rossiya |
869 |
Turkiya |
880 |
Janubiy Koreya |
400 |
Germaniya |
Barcha davlatlarning shtrix-kod belgilarini bilib olish uchun shu yerni bosing.
- Bu qadamda biz maxsulotlarni qalbaki yoki haqiqiyligini bilib olsa bo'ladigan matematik amallarni bajaramiz.
- Juft sonlarni qushib chiqamiz;
- Hosil bo'lgan sonni 3ga ko'paytiramiz;
- Natifani shtrix-koddagi barcha toq sonlarga qo'shamiz, oxirgi toq sondan tashqari;
- Hosil bo'lgan natifadan 10lik sonni olib tashlaymiz. Masalan: 73 - 70= 3;
- 10 sonidan hosil bo'lgan raqamni ayiramiz. Masalan: 10 - 3 =7;
- Hosil bo'lgan sonni (uchinchi qadamdagi) oxirgi sondan tashqari
deyilgan raqam bilan taqqoslaymiz agar ular teng bo'lsa unda
shtrix-kodlar haqiqiy, agar noto'g'ri bo'lsa yoki siz hisob-kitobda
adashdingiz yoki belgilar sohta.