GM Uzbekistan’ning Matiz avtomobili Rossiya bozoridagi eng arzon avtomobillar reytingida yanvar oyida ham peshqadamlikni saqlab qoldi. Bu haqda “Rossiyskaya gazeta” xabar bermoqda.
Rossiyada Matiz’ning eng arzon modifikatsiyasi 314 ming rubl (23-yanvar holatiga ko‘ra, taxminan 4 ming dollar)dan sotilmoqda. Reytingdan o‘rin olgan qolgan to‘qqiz avtomobilning oltitasi Xitoy avtozavodlari (Lifan, Geely, Chery) mahsulotlaridir.
- Matiz — 314 ming rubl;
- Lifan Smily — 319 ming rubl;
- Lifan Smily New — 364,9 ming rubl;
- Lifan Celliya — 364,9 ming rubl;
- Lada Granta sedani — 368,9 ming rubl;
- Lada Granta liftbeki — 388,5 ming rubl;
- Geely GC6 — 389 ming rubl;
- Chery Bonus (ZAZ Forza sedan) — 389,9 ming rubl;
- Renault Sandero — 399 ming rubl;
- Chery Very (ZAZ Forza xetchbek) — 399,9 ming rubl.
Eslatib o‘tamiz, Matiz 2015-yilning oktabr, noyabr va dekabr oylarida ham Rossiyada sotilayotgan eng arzon avtomobillar reytingida peshqadam bo‘lgandi.
|