Bugun mast bo'lib qolibman chog'i... Negaki hotiralar, senga yetaklar. Yana yangilandi yurakning dog'i. Hislarim birma-bir, meni ermaklar. Bugun mast bo'lib qolibman chog'i... Negaki sen xaqingda o'ylay boshladim. Esladim... Farg'onani markaziy bog'in. Shu yerda ko'zingni ilk bor yoshladim. Bugun mast bo'lib qolibman chog'i... Sezib qoldim sensiz sarg'ayganimni. Yoddan chiqaraman, mast bo'lsam goxi. SENSIZ YASHASHLIKGA QARG'ANGANIMNI. Bugun mast bo'lib qolibman chog'i... Marg'ilonga bir borgim kelyapti. Go'yo tugagandek sabrimning tog'i. Dardimni kimgadur, aytgim kelyapti. Bugun mast bo'lib qolibman chog'i... Go'shagni oldim-u, raqaming terdim. YAXSHIYAM GO'SHAGNI OLMADING JONIM. Olganingda... KECHIRGIN derdim. Bugun mast bo'lib qolibman chog'i... Seni bag'rimga, bosgim kelyapti. Bunday yashagandan, eng to'g'rirog'i. Sochlaringa o'zimni osgim kelyapti. Zamonaviy Navoiy (2010.12.19)
|