Kuzatayotgan bo'lsangiz, xonanda Masrur Usmonov TV kanallari va
matbuot orqali biroz ko'rinmay qolgan edi. Eshitishimizga qaraganda, u
Koreya davlatiga safar qilgan ekan. Safar maqsadi va ijodidagi so'nggi
yangiliklarni bilish maqsadida u bilan bog'landik...Masrur
Usmonov Koreya davlatiga biznes ishlarini amalga oshirish maqsadida
borgan ekan. Endilikda esa so'nggi taronasi bo'lmish "O'zbegim qizlari"
uchun klip suratga olish ishlarini boshlab yuboribdi. Yaqin kunlarda
Masrur Usmonovning yangi klipini TV kanallari orqali tomosha qilishingiz
mumkin.